Get Mystery Box with random crypto!

PREZIDENT MUROJAATNOMASI BO'YICHA O'QUV-SEMINARI DAVOM ETMOQDA | Adpi.uz | Rasmiy kanal



PREZIDENT MUROJAATNOMASI BO'YICHA O'QUV-SEMINARI DAVOM ETMOQDA

Bugun, 5-yanvar kuni Andijon davlat pedagogika institutida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o'rganishga bag'ishlangan o'quv-seminari tashkil etildi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san'at fakulteti hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari uchun tashkil etilgan ushbu o'quv-seminarida Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va monitoring bo'limi boshlig'i Q.Ibaydullayevlar tomonidan Murojaatnomada qayd etilgan masalalar, xususan, ma'muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar, "2023-yil — insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" uchun rivojlanishning 6 ta ustuvor yo‘nalishi atroflicha tanishtirildi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
Telegram Facebook Instagram YouTube