Get Mystery Box with random crypto!

#talabaga_yengillik Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash mu | Adpi.uz | Rasmiy kanal

#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.


Срок оплаты контрактов на обучение в вузах продлён до 20 января 2023 года

На основании соответствующего решения Государственной комиссии срок оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата высших учебных заведений, специальностей магистратуры на 2022/2023 учебный год, а также для студентов по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение, продлён до 20 января 2023 года.

Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 10 декабря 2022 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube