Get Mystery Box with random crypto!

25-avgust A.Navoiy nomidagi Katta teatr oldidagi maydonda brit | Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

25-avgust A.Navoiy nomidagi Katta teatr oldidagi maydonda britaniyalik pianinochi Stiven Ridlining ochiq osmon ostidagi konserti boʻlib oʻtdi.

Konsert unutilmas joʻshqinlik, shiddat va shodonlikka toʻla boʻlib, jonli musiqani qadrlovchi barcha ixlosmandlar uchun noyob hadya boʻldi! Stiven Ridli nafaqat oʻzi yaratgan qoʻshiqlarini, balki boshqa mualliflarning taniqli asarlarini ham mahorat bilan ijro etdi.

Ushbu oqshom chinakam yogʻduli tomosha boʻlib, koʻp mingli tomoshabinlarga cheksiz quvonch va maftunkorlik baxsh etdi.

Biz bilan birga boʻlgan barchaga tashakkur!

@acdfuz