Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda ilk bor “Bukhara Night Race” xalqaro tungi musiq | Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

O‘zbekistonda ilk bor “Bukhara Night Race” xalqaro tungi musiqiy poygasi!

Poyga 17-sentabrda O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biri bo‘lmish Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Go‘zallikda tengi yo‘q yugurish yo‘lagi, tungi chiroqlar shu’lasi, shaxsiy rekordlar hamda DJ ishtirokidagi konsert – mana ushbu voqea qaysi jihatlari bilan yodda qoladi!

Bu yilgi “Samarkand Marathon” turkumiga mansub barcha poygalar mushtarak xayriya maqsadi bilan hamnafas. U ham bo‘lsa muzey inshootlarini zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz tashrif buyuruvchilar uchun moslashtirishdan iboratdir. Jamlangan mablag‘larga esa audiogid, bo‘rtma surat va maxsus uskunalar xarid qilinadi.

Betakror taassurotlar og‘ushiga sho‘ng‘ishga shay turing! Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://bukharanightrace.uz/uzb
___

Впервые в Узбекистане – Международный ночной музыкальный забег Bukhara Night Race!

Забег пройдет 17 сентября в одной из туристических жемчужин Узбекистана – Бухаре. Красивейшая трасса и свет ночных фонарей, личные рекорды и концерт с участием DJ – то, чем запомнится это событие.

В этом году все забеги серии Samarkand Marathon объединены одной благотворительной целью. Это адаптация музеев для слабовидящих и незрячих посетителей. Собранные средства пойдут на приобретение аудиогидов, тактильных картин и специального оборудования.

Готовьтесь получить неповторимые эмоции! Регистрируйтесь по ссылке ниже:
https://bukharanightrace.uz/