Get Mystery Box with random crypto!

Abutirriq

Telegram kanalining logotibi abutirriq — Abutirriq A
Telegram kanalining logotibi abutirriq — Abutirriq
Kanal manzili: @abutirriq
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 100
Kanalning ta’rifi

@abituriyent_EDU

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-08-28 10:22:02 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

@Abutirriq endi talaba
6.0K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2022-08-28 05:55:15
#tarqating

Kontraktlar oshmaydi

Barcha davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz taʼlim tizimiga bergan alohida eʼtibori, jumladan talabalarga oliy taʼlim olishlari uchun koʻrsatgan gʻamxoʻrligi, xalqchil siyosati natijasida 2022/2023 oʻquv yili uchun barcha yoʻnalishlar boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan boʻldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno  tariqasida,  2022/2023 oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari davlat oliy taʼlim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarida ham, bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati 2021/2022 oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 oʻquv yili tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻtgan oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʻzgarishsiz qoladi.

@Abutirriq endi talaba
8.7K viewsedited  02:55
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:06:48
GRAND ga ozgina ball yetmay qolganlarga yuboramiz.

@Abutirriq endi talaba
9.5K views19:06
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:43:56
Mana natija

Tabrikleshin. Sizga ham nasib qilsin amin

Abutirriq endi talaba

@Testologbot

@Abutirriq - Abituriyent xabarlar
10.0K viewsedited  18:43
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:24:40 Rasman: Yakuniy natijalar e'lon qilindi

Sayt esa qotib qoldi. Ammo:

@Testologbot
@DTMStat_Bot

Shu botlar yordamida QR kodingizni yuborib natijani bilishingiz mumkin

@Abutirriq - Abituriyent xabarlari
9.9K viewsedited  18:24
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:17:14 ​​#Qabul2022 #Natija
MANDAT E'LON QILINDI

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@Abutirriq - Abituriyent xabarlar
9.9K viewsedited  18:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:39:42 #mandat2022 Mandat qachon chiqadi? Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga ko'ra tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida…
8.7K viewsedited  17:39
Ochish/sharhlash
2022-08-27 20:13:11 #mandat2022

Mandat qachon chiqadi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga ko'ra tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Joriy yil imtihonlar 20-avgust sanasida yakunlanga

Demak, bugun — 27 avgust kuni mandat chiqishi kerak bo‘lgan qonuniy sananing oxirgi kuni.

Agar bugun soat 23:59 gacha mandat chiqmasa, kechikkan har bir kun qonunbuzilish, deb hisoblanadi. Ammo o‘tgan yillardagi amaliyotdan ko‘rganmizki, bu qonunbuzilish (mandat kechikishi) uchun kimdir jazolanishi dargumon.

Mayli, kutaylikchi, hali kun tugashiga yana 2 soatdan kamroq vaqt bor

@Abutirriq - Abituriyent xabarlari
8.6K views17:13
Ochish/sharhlash
2022-08-26 20:24:08 #tezkor

Mandat 30-avgustda e'lon qilinishi kutilmoqda!

Qarorlarga emas DTM ni kayfiyatiga qarab mandatni kutamiz.

O'tgan yili

Oxirgi imtihon kuni 23-avgust sanasida yakunlangan edi

Mandat esa 3-sentyabr sanasida e'lon qilingan.

Agarda o'tgan yilgi ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak mandat qariyib 10 kunda e'lon qilingan. Adashib 10 kundan avval e'lon qilib qo'yishmasa biz baribir kutamiz

@Abutirriq - Abituriyent xabarlari
18.1K viewsedited  17:24
Ochish/sharhlash