Get Mystery Box with random crypto!

Abutirriq

Telegram kanalining logotibi abutirriq — Abutirriq A
Telegram kanalining logotibi abutirriq — Abutirriq
Kanal manzili: @abutirriq
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 100
Kanalning ta’rifi

@abituriyent_EDU

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-12 12:01:29
SHOSHILING. Atigi 10 kun qoldi.
-
Navoiy shahrida o’qib, oliy ma’lumotli bo’lish uchun so’ngi imkoniyat.
-
Litsenziyaga ega Navoiy innovatsiyalar institutida va Toshkent alfraganus unversiteti qabul tugashiga 10 kun vaqt qoldi.
Yo’nalishlar:
-Maktabgacha ta’lim;
-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha);
-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
-Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
-Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili, rus tili, ingliz tili).
-
Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari mavjud.
-
Oqsaroy consulting kompaniyasi Navoiy innovatsiylar instituti bilan hamkorlik qiluvchi yogana kompaniya hisoblanadi.
-
Biz orqali siz  3 kun ichida talaba bo'lasiz.
-
Xorijdagi o’qishingizni 2 va 3-kursdan perevod qilishingiz mumkin.

Navoi shahridagi ofisimiz manzili
G'alaba shox kuchasi 85 uy ruparasida.
Mo'ljal: INDINIM kiyim kechaklar dukoni yaqinida

+998555063535
+998948439777
46 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-10-11 18:50:09
"REGISTON FAN OLIMPIADASI"ga marhamat!

Respublikamizdagi 6-sinfdan 11- sinfgacha boʻlgan bilimga chanqoq yoshlar uchun Registon Ta’lim Loyihasidan navbatdagi Shedevr!

"Registon" o'quv markazi Chilonzor filiali , Chilonzor Xalq ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda sovrin jamgʻarmasi jami 50 000 000 soʻm boʻlgan Registon Fan Olimpiadasiga start berildi.

Olimpiada barcha fanlardan oʻzbek va rus tillarida boʻlib oʻtadi. Olimpiada shartlari va yo'riqnomasi bilan quyidgai havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Marhamat, olimpiadamizga qatnashing, o'z bilim darajangizni sinang!

Onlayn roʻyxatdan oʻtish
Administratorga murojaat
+998935532700


Roʻyxatdan oʻtish muddati: 21.10.2022gacha
Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo Bepul!

Hoziroq Olimpiadaga Ro'yxatdan o'ting va G'oliblar safida bo'lishga harakat qiling!

@Registan_Chilanzar
351 views15:50
Ochish/sharhlash
2022-10-11 14:50:51
Nepaldagi yosh oʻquvchilarning ilm egallash uchun maktab sari mashaqqatli va xavfli yoʻli

Bir tarafdan bu maktabga vaqtida borishning yagona imkoniyati, ikkinchi tarafdan hayotini yuqori xavfga qoʻyish vaziyatidir.

Sizning ilm egallash yoʻlingiz bu qadar mashaqqatlimi?
Ilm olishga intilmaslik bahonangiz bundan-da uzrlimi?

@Abutirriq ta'lim xabarlari
987 viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2022-10-10 19:18:08
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi

Bosh vazirning topshirigʻiga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilida OTM bakalavriatiga bazaviy va super-kontrakt toʻlamoqchi boʻlgan abituriyentlar, magistraturaga kirganlar hamda oʻqishini koʻchirgan talabalar uchun kontraktni toʻlash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2022-yilning 1-noyabri etib belgilandi.


@Abutirriq ta'lim xabarlari
384 viewsedited  16:18
Ochish/sharhlash
2022-10-06 16:08:50 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 9-oktabr kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 10-oktabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: telegra.ph/Chet-tili-10-06

@Abutirriq ta'lim xabarlari
450 viewsedited  13:08
Ochish/sharhlash
2022-10-05 11:35:27Talaba va o‘quvchilarning qishki ta’tilini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumatning joriy yil 3 oktyabrdagi tegishli qarori bilan ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik берилди.

O‘z navbatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mavjud sharoitlardan kelib chiqib, o‘quvchi va talabalarga ta’til berish muddatini o‘zgartirish huquqini ham saqlab qoladi.

Mazkur tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

Bayram kunlari va qishki ta’til davrida talabalar turar joylarida qolayotgan talabalarning xavfsizligi va bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi, shuningdek, ovqatlanishi mazkur oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Hukumat qarorida, shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamda «Uzbekistan airways»ga qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avval talabalar uchun chiptalarga 50  foiz chegirmalar e’lon qilishlari tavsiya qilinmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
681 views08:35
Ochish/sharhlash
2022-10-01 09:45:39 ​​ ЭНГ ЯНГИ АУДИО КИТОБЛАР

  Қидириш осон бўлиши учун қулай форматда мундарижа тайёрланди. Марҳамат, қизиққан китобингиз устига босинг.

1. Бақирмайдиган болалар
(Сокин ва сезгир фарзандлар тарбиялаш йўриқномаси)
2. Оилада севги суҳбатлари
3. Гўдакликдан йигитликка қадар
4. Хузур эшиги
5. Асл оталар китоби  2
6. Яхши оталар китоби
7. Чинакам ота-оналик санъати
8. Олим етиштирган оналар
9. Ёш бола деманг уларни
10. Оналик мақоми
11. Иймон ва Хузун
12. Қадам-бақадам
13. Буни маркетинг дейдилар
14. 7+
15. Чунки сен борсан АЛЛОҲ
16. Бахтли бўлай десангиз
17. Илм олиш сирлари
18. 200 хаёт дарси
19. Жаннатга таклифнома
20. Қоидаларсиз бизнес
21. Уламолар наздида вақт қадри
22. Қайнона-келин вазифалари
23. Рахбарнинг олтин китоби
24. Махзун бўлма
25. Хақиқий садоқат
26. Кактуслар ҳам гуллайди
27. Ахмоқлик қилманг
28. НИ-СИ. ўзни шакллантириш
29. Атом одатлар
30. Ўзингни ўзинг давола
31. Эй ўғил! Ўзингдек бўл
32. Ғаззолий. Дунёни англаш китоби
33. Ричард Брансон: Қани бошладик
34. GIRL CODE
35. Жен Синсеро: НИЗЯ
36. Жен Синсеро: Нолиманг
37. Эй фарзанд
38. Жаннат ва дўзах сифатлари
39. Рухий тарбия - покланиш 1-жуз
40. Рухий тарбия- тикланиш. 2-жуз
41. Рухий тарбия -хулкланиш. 3-жуз

Ўзингиз қизиққан китоб устига босинг!

Эслатма: Каналдаги аудио китобларни тарқатишга чеклов ўрнатилган. Фақатгина канал обуначиларигина эшитишлари мумкин.
614 views06:45
Ochish/sharhlash
2022-09-30 17:39:04 Test sinovlari faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘tkaziladi

2022-2023-oʻquv yili uchun professional ta’lim muassasalariga sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ular professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Test sinovlari faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun o‘tkaziladi va test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tishda OTMlarga kirish test sinovida to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan va fanlar majmuasi mos bo‘lgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ularga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shaklantirilmaydi va ular OTMlarga kirish test sinovida to‘plagan bali bilan tanlovda ishtirok etadi.

@Abutirriq ta'lim xabarlari
968 viewsedited  14:39
Ochish/sharhlash
2022-09-29 13:22:58
Samarqand birinchi: Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar

Joriy yilda OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilildi. Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Samarqand viloyati — 20 690 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 19 858 nafar;
Farg‘ona viloyati — 18 340 nafar;
Toshkent viloyati — 15 699 nafar;
Buxoro viloyati — 14 337 nafar.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 104 084 nafari joriy yil bitiruvchilaridir. Joriy yil bitiruvchilari eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan hududlar:

Samarqand viloyati — 11 295 nafar;
Farg‘ona viloyati — 10 951 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 9 999 nafar;
Buxoro viloyati — 8 833 nafar;
Toshkent viloyati — 7 927 nafar.

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

@Abutirriq ta'lim xabarlari
252 views10:22
Ochish/sharhlash
2022-09-27 10:31:56
Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati reytingi

Yetakchi oʻrinlarda:
1. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
2. Toshkent davlat stomatologiya instituti
3. Toshkent Moliya instituti
4. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Soʻnggi oʻrinlarda:

1. Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti
2. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti
3. Termiz muhandislik texnologiya instituti
4. Samarqand davlat chet tillar instituti
5. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

@Abutirriq ta'lim xabarlari
498 viewsedited  07:31
Ochish/sharhlash