Get Mystery Box with random crypto!

HADYA QILINGAN MULKDA ERNING YOKI XOTINNING HAQQI BORMI? Oi | Abu Hanifa | Ishonchli yuridik xizmat

HADYA QILINGAN MULKDA ERNING YOKI XOTINNING HAQQI BORMI?

Oila kodeksining 23-moddasiga sosan:

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Mazkur kodeksning 25-moddasiga asosan Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi.
════════════════
Demak, mazkur asosga ko‘ra, erga qilingan hadya erning shaxsiy mulki, xotingga qilingan hadya xotinning shaxsiy mulki. Shuning uchun ular bir-biridan hadyadan mulk talab qilish huquqiga ega emas.

Savolingizni:
@Yuristjon_bot ga qoldiring

@yuristjon