Get Mystery Box with random crypto!

REGBOOKS

Telegram kanalining logotibi abtbooks — REGBOOKS R
Telegram kanalining logotibi abtbooks — REGBOOKS
Kanal manzili: @abtbooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.84K
Kanalning ta’rifi

REGBOOKS nashriyoti tomonidan yaratilgan maxsus abituriyentlar kutubxonasi!
Eng yangi nashrdagi, zamonaviy yo'nalish hamda davr talabiga mos adabiyotlar bilan tanishtirib boramiz!
Kitoblar ro'yxati:
👉 t.me/ABTbooks/1743
@ABTbooks_uz yoki (93)008-27-00

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 27

2022-08-26 06:32:52 Yakuniy mandatni kutish davrini qanday o'tkazish kerak?

Ko'plab abituriyentlar mandat kutish azobini boshidan o'tkazmoqda. Bitta manbada yozilganidek, bu davrda faqat ikki toifa abituriyentlar siqilmayapti: eng yuqorida turganlar va eng pastda turganlar. O'rtaliqdagilarning esa yuragi taka-tuka. Xo'sh, mandatgacha bo'lgan vaqtni qanday o'tkazgan ma'qul? Bir qancha tavsiyalarimizni beramiz:

Agarda imtihon topshirguncha uy yumushlaridan sizni ozod qilishgan bo'lsa, o'sha ishlarni ikki xissa bajarishga harakat qiling. Agar hovlida tursangiz, dalada ish topilsa, o'shalarni qilgan ma'qul. Mehnat jarayoni rohat bag'ishlaydi, ham mandat salgina miyadan suriladi.

Qarindoshlaringizni ko'rishga boring. O'qish bilan bo'lib, ularni ko'pda yo'qlolmaganingiz aniq. Har kuni qaysidir qarindoshingiznikiga, ammangiznikiga, xolangiznikiga, amakingiznikiga boring, qariyalarni ziyorat qiling.

Ko'proq uxlab oling. Chunki o'qishlar boshlanib ketganidan so'ng bu orzuga aylanib qoladi. Talabalik davri oldiniga oson tuyulsa ham, qiyinchiliklari, uyqusiz tunlari asta-sekin boshlanib qoladi.

Ko'rishni orzu qilgan kinofilm, seriallarni ko'rib chiqing, badiiy kitoblar o'qing. Kompyuter o'yinlari ham zarar qilmaydi. Faqat chegarasida! Yana surunkali 48 soatlab o'ynab, o'zingizni toliqtirib qo'ymang.

Sport bilan shug'ullaning, masalan, yugurish yoki tosh ko'tarish. Mandat kutish muddat sport ko'nikmalarini oshirish uchun yaxshigina muddat.

Yana bir tavsiya "Super 30" nomli abituriyentlar bob filmni tavsiya qilamiz. Ancha maroqli va aynan mandat kutayotganlarbob film.
Bu filmni qayerdan olaman deyishingiz mumkin. Filmni google'da qidirsangiz chiqadi.
4.5K views03:32
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:15:45 Assalomu alaykum hurmatli abituriyentlar, bo'lajak talabalar va ustozlar. Mandat chiqishiga ham juda oz muddat qoldi. Shu vaqt davomida biz kitoblarimiz va online testlarimiz orqali sizga qo'ldan kelgancha yordamlashishga harakat qildik.

Ba'zi ustozlar, abituriyentlar sizlarning kitoblaringizni o'zimizning hududdan topa olmadik deb murojaat qilayapti. Bunga yechim topishda sizlarning yordamingiz biz uchun juda muhim.

O'zingiz yashaydigan hududda repititor ustozlar va kitob do'kon egalarining ismi va telefon nomerlarini @Abtbooks_uz ga yuboring. Biz ular bilan bog'lanib, hamkorlikni boshlaymiz va kitoblarimiz hamma joyga yetib boradi.

Kitoblarimizni siz topishga qiynalgan bo'lsangiz, sizdan keyingilar qiynalmasin! Yordamingiz va qo'llab quvvatlaganingiz uchun tashakkur!
3.4K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-25 13:07:33
Hammasi oddiy, odamlar nimanidir imkonsiz deb hisoblaydi, lekin bir dovyurak chiqadi-da bunga ko'nmaydi...

Bu SENSAN!!!

@Abtbooks
3.4K viewsedited  10:07
Ochish/sharhlash
2022-08-24 20:56:23 Nomi: YAXSHILIK QIL
Ijrochi: Fazliddin BURXONOV
Markaz: Qaqnus-media
Studio: Asliddin IBROHIMOV

Qaqnusim

Do'stim Fazliddindan yana bir shedevr

@ABTbooks sizning sevimli kanalingiz
3.6K views17:56
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:20:56 #Ovozli_chat

Abituriyentlikka imtihon orqali qabul. "Registon" o'quv markazi tomonidan ilk bora tashkillashtirilayotgan "Tanlanganlar" loyihasi haqida ovozli suhbat.

Ovozli suhbatga qo'shilish havolasi: https://t.me/abituriyentlar?livestream

YouTube orqali tinglash:



Mavzuga doir savollaringizni izohda yozib qoldirsangiz bo'ladi.

"Tanlanganlar" loyihasi haqida qo'shimcha ma'lumotlarni ularning telegram kanalida bilib olishingiz mumkin:
@Registan_Tanlanganlar
@Registan_LC
2.7K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-08-24 15:19:27 Baxt qushi inson boshiga bir marta qo'nadi...

Maykl Kerrol ismli shaxs ahlatxonada tozalovchi bo'lib ishlar edi. Kunlari doimgidek oddiy tarzda o'tar, biroq bir kuni Britaniya milliy lotoreyasida unga jekpot chiqadi. 2002-yili, 19 yashar bola lotoreyadan $15.4 million yutib oldi va haqiqatdan boshiga baxt qushi qo'nadi.

Yutuq qo'lga kiritgan yigitcha shu zahoti 4 ta hovli, Ispaniyadan 2 ta villa, 2 ta Mercedes Benz, 2 ta BMW va bir nechta kvadratsikl sotib oldi. Shuningdek, u mashxur boks oqshomi asosiy qahramoni va hatto u haqida hujjatli film ham olinadi.

Kerrol pullarni shunchalik tezlikda yo'qotdiki, uni ancha qismi narkotik va qizlar uchun "o'lja"ga ham aylandi. Xarajatlar esa oshishni davom etaverardi, masalan Kerrol uy uchun $520.000 sarf qildi, keyinchalik uni sotishda $200.000 qo'liga oldi xolos.

2010-yilda shu ma'lum bo'ldiki, Keroll yana ishsiz qolibdi va oyiga $63 ga rozi bo'lib yashamoqda. Ha aytgancha, u eski ishiga yana qaytgan.
3.4K views12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-24 09:52:52
HAYOTIY RASM!

Yaxshi kitob hayotingni o'zgartira oladi!

@ABTbooks – Abituriyentlar kutubxonasi
3.7K views06:52
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:06:09
Izlagan imkon topadi
4.1K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash
2022-08-23 06:15:36 Амир Темур саройида ўтирса, олдига аёнларидан бири югуриб келиб:
- Шоҳим, ҳузурингизга дунёда энг машҳур фолбин кирмоқчи, - деди.
Амир Темур киритишни буюрди. Фолбин саройга кириб айтди:
- Шоҳим, буюк лашкарбошим, мен сизнинг келажагингиз ва жангларингиз хақида фол очиб бераман.

Амир Темур лашкарларни чақириб:
- Бу фолбиннинг бошини танидан жудо қилинглар! - деб буюрди.
Лашкарлар фолбиннинг бошини кесгач, савол беришди:
- Шоҳим, нега фолбинни ўлимга хукм қилдингиз?
Амир Темур:
- Бу аблах фолбин ўзининг келажагини, яъни ўлим кутаётганини билганида ҳузуримга келмасди. Менинг келажагимни қаердан билсин! - деган экан...
4.0K views03:15
Ochish/sharhlash
2021-02-14 12:30:55
КНИГА ГОТОВА!!!

Что есть в книге?

В этой книге существуют
тесты и вопросы:

тематические
табличные
с изображениями
итоговые
вопросы и ответы по книге
хронология ( годы и века)

Тесты по истории считаются особым разделом, дающие особое значение науке. Тест считается показателем уровня компетентности, тактичности, информированности знаний любого абитуриента. Для испытаний своих знаний, в области этой науки, опубликована тестовая книга издательства "Regbooks" под публикацией Нурмурода Эшназарова под наименованием "Универсальные тесты". Данный сборник составлен по программе 11 класса.
Если ваша цель проверка себя, справедливо оценить свои знания и добиться студенческих дней, то это книга, именно, для вас!

Пример из книги

Наш контакт:
+998930082700
+998909634394
Телеграм: @Abtbooks_uz
21.1K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash