Get Mystery Box with random crypto!

Yakuniy mandatni kutish davrini qanday o'tkazish kerak? Ko'pl | REGBOOKS

Yakuniy mandatni kutish davrini qanday o'tkazish kerak?

Ko'plab abituriyentlar mandat kutish azobini boshidan o'tkazmoqda. Bitta manbada yozilganidek, bu davrda faqat ikki toifa abituriyentlar siqilmayapti: eng yuqorida turganlar va eng pastda turganlar. O'rtaliqdagilarning esa yuragi taka-tuka. Xo'sh, mandatgacha bo'lgan vaqtni qanday o'tkazgan ma'qul? Bir qancha tavsiyalarimizni beramiz:

Agarda imtihon topshirguncha uy yumushlaridan sizni ozod qilishgan bo'lsa, o'sha ishlarni ikki xissa bajarishga harakat qiling. Agar hovlida tursangiz, dalada ish topilsa, o'shalarni qilgan ma'qul. Mehnat jarayoni rohat bag'ishlaydi, ham mandat salgina miyadan suriladi.

Qarindoshlaringizni ko'rishga boring. O'qish bilan bo'lib, ularni ko'pda yo'qlolmaganingiz aniq. Har kuni qaysidir qarindoshingiznikiga, ammangiznikiga, xolangiznikiga, amakingiznikiga boring, qariyalarni ziyorat qiling.

Ko'proq uxlab oling. Chunki o'qishlar boshlanib ketganidan so'ng bu orzuga aylanib qoladi. Talabalik davri oldiniga oson tuyulsa ham, qiyinchiliklari, uyqusiz tunlari asta-sekin boshlanib qoladi.

Ko'rishni orzu qilgan kinofilm, seriallarni ko'rib chiqing, badiiy kitoblar o'qing. Kompyuter o'yinlari ham zarar qilmaydi. Faqat chegarasida! Yana surunkali 48 soatlab o'ynab, o'zingizni toliqtirib qo'ymang.

Sport bilan shug'ullaning, masalan, yugurish yoki tosh ko'tarish. Mandat kutish muddat sport ko'nikmalarini oshirish uchun yaxshigina muddat.

Yana bir tavsiya "Super 30" nomli abituriyentlar bob filmni tavsiya qilamiz. Ancha maroqli va aynan mandat kutayotganlarbob film.
Bu filmni qayerdan olaman deyishingiz mumkin. Filmni google'da qidirsangiz chiqadi.