Get Mystery Box with random crypto!

Unutilish... Kursantlik paytlarim edi... 31-dekabr yangi yil | REGBOOKS

Unutilish...

Kursantlik paytlarim edi... 31-dekabr yangi yil nishonlamoqdamiz. Kazarmada so'ngi yil bu bayramni kutayapmiz. Xonalarimiz bezatilgan, noz nematlar bisyor, qor yog'gan, archa ko'pligidan hidi dimoqqa uradi, o'qishimiz yoqasidan o'tgan anhorni narigi betida shovqin suron, baqir chaqir bilan eski yilni kuzatishmoqda.
Yangi yil kirib kelganiga bir necha daqiqa bo'ldi hamki, nohush xabar eshitdik. Bir safdoshimiz bong urishiga ulgurmay olamdan ko'z yumibti... Ha, bu baxtsiz xodisa edi.
Hamma o'yga tolib, dasturxonlarni ham tashlab kunni yakunladik...

Oradan bir hafta o'tdi... Bilasizmi nima meni e'tiborimni tordi ?! Butun batalon, butun dunyo xuddi hech narsa bo'lmagandek kuni o'taverdi. Xuddi u bo'lmagandek...

Men o'ylanib qoldim. Men ham hozir dunyodan o'tsam xuddi shu narsalar kutib turganini sezdim. Bu qo'rqitardi. Sen olamdan o'tsang-u, butun olamga buni farqi bo'lmasa... Shu kuni bloknotimga katta maqsadlarimni yozdim: shifoxona quraman, daraxt ekaman, masjid bino etaman, maktab barpo etaman, o'z fondimni yarataman, kitob yozaman...

Bilasizmi men shu kuni 2 muhim narsani tushundim:

1. Sen bor yo'qliging haqiqatda farq qiladigan insonlar bu eng yaqin insonlaring. Ular seni unutishmaydi. Haqqinga duolar qilishadi. Biz esa, eng kam ularga e'tibor beramiz, eng ko'p ularni hafa qilamiz...

2. Seni sendan keyin eslatuvchi narsalar: olamga qilgan yaxshiliging, odamlarga qilgan yaxshiliging. Ularni ichida eng uzoq yashaydiganlari: sendan keyin ham foydasi tegadiganlari. Biz faqat bugungi kunimiz bilan, o'lmaydigandek yashaymiz. Umrimiz so'ngida esa, yashamagandek o'lish kutib turgan bo'ladi.

Qadrdonlarim, yaxshilik qilaylik, davomli yaxshilik qilaylik, insonlarni qalbida chuqur minnatdorchilik qoldiradigan yaxshilik qilaylik, zora, biz bu dunyoda bo'lmaganimizda, eslab, haqqimizga raxmatlar aytishsa...

@ABTbooks Kanalimizni kuzatib boring