Get Mystery Box with random crypto!

Berilayotgan ayrim savollarga javoblar: #abituriyent Maktabn | REGBOOKS

Berilayotgan ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent

Maktabning 9 yoki 10-sinfini yoxud litseyning 1-kursini tugatib, abituriyent sifatida testga kirib, yetarli ball toʻplagan oʻquvchilar talaba boʻla oladimi?
JAVOB:
yoʻq, boʻla olmaydi. Chunki unda oʻrta maʼlumotni tugatgani haqida shahodatnoma (diplom) yoʻq.

***

Oʻqishga kirish uchun yetarli ball toʻplagan abituriyentlar oʻzining joyidan voz kechib, oʻqishga kira olmagan boshqa abituriyentga joyini sotsa boʻladimi?
JAVOB: Yoʻq, bunaqa imkoniyat mavjud emas. Hech kim birovning oʻrnida oʻqiy olmaydi.

***

Agar abituriyent oʻqishga kirib, turli sabablarga koʻra oʻqimasdan tashlab ketsa, unda oʻqishga kira olmagan pastdagi abituriyent uning oʻrniga koʻtariladimi?
JAVOB:
yoʻq, oʻqishni tashlab ketganlar oʻrni ochiq qoladi, pastdagilar uning oʻrniga koʻtarilmaydi.

Agar toʻlovini amalga oshirsa, pulga ball sotib olsa boʻladimi?
JAVOB: bunaqa amaliyot mavjud emas va ilgari ham boʻlmagan. Ilohim, kelgusida ham boʻlmasin.

Manba

Bizning kanal:
@Registan_LC