Get Mystery Box with random crypto!

#Bilish_shart Islom tarixidan saboqlar Savol: Kim birinchi | 𝗔𝗕𝗜𝗧𝗨𝗥𝗜𝗬𝗘𝗡𝗧 | 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬

#Bilish_shart
Islom tarixidan saboqlar

Savol: Kim birinchi bo‘lib o‘limni orzu qilgan?
Javob: Yusuf (alayhissalom).

Savol: Ummatning birinchi bo‘lib qaysi amallari ko‘tariladi?
Javob: Besh vaqt namoz.

Savol: Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning birinchi bo‘lib o‘qigan namozlari qaysi?
Javob: Peshin namozi.

Savol: Qiyomatda birinchi bo‘lib kimning ustidan yer ochiladi?
Javob: Muhammad sollallohu alayhi vasallam

Savol: Kim birinchi bo‘lib jannat eshigini taqillatgan?
Javob: Muhammad sollallohu alayhi vasallam.

Savol: Kim birinchi bo‘lib shafoat qiladi?
Javob: Muhammad (sollallohu alayhi va sallam).

Savol: Qaysi ummat birinchi bo‘lib jannatga kiradi?
Javob: Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning ummati.

Savol: Kim birinchi bo‘lib osmonda azon aytganini bilasizmi?
Javob: Jabroil (alayhissalom).

Savol: Kim soatni 12 soatliligini birinchi bo‘lib aniqlagan?
Javob: Nuh (alayhissalom) kemalarida aniqlaganlar.

Savol: Kim birinchi bo‘lib otga mingan?
Javob: Ismoil (alayhissalom).

Savol: Kim juma kunini “juma” deb nom bergan?
Javob: Ka’b ibn Luay.

Savol: Kim birinchi bo‘lib “Subhana Rabbiyal a’la” deb aytgan?
Javob: Isrofil (alayhissalom).

Savol: Qaysi oyat Qur’oni karimdan birinchi bo‘lib tushgan?
Javob: Alaq surasining “Yaratgan Rabbing nomi bilan o‘qi” oyati.

Savol: Kim birinchi bo‘lib qalamda yozgan?
Javob: Idris (alayhissalom).

Savol: Tavrotdan birinchi bo‘lib nima tushgan?
Javob: Bismillahir rohmanir rohim.

Savol: Kim birinchi bo‘lib Alloh yo‘lida jihod qilgan?
Javob: Idris (alayhissalom).

Savol: Qur’oni karimdagi eng buyuk oyat qaysi?
Javob: Oyatal Kursiy ("Baqara" surasi, 255)


"Fotiha" surasi -> ALLOHning qahridan saqlaydi ...
"Yasin" surasi -> Oxiratda chanqog‘ingizni qondiradi ...
"Voqea" surasi -> Kambag‘allikdan, ochlikdan saqlaydi ...
"Mulk" surasi -> Qabr azobidan saqlaydi ...
"Kafirun" surasi -> Jon taslim qilayotganda kufrdan saqlaydi ...
"Ixlos" surasi -> Ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi ...
"Falaq" surasi -> Kulfatdan saqlaydi ...
"Nas" surasi -> Yomon hayollardan saqlaydi ...
"Yusuf" surasi -> Yurak siqilishi, mazlumlik, g‘am qayg‘uda foyda ...

Manbalar asosida Isomiddin Ahrorov tayyorladi.

TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM