Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli yurtdoshim, do‘stim, akalarim va ukalarim, 14-yanvar 'V | 𝗔𝗕𝗜𝗧𝗨𝗥𝗜𝗬𝗘𝗡𝗧 | 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬

Qadrli yurtdoshim, do‘stim, akalarim va ukalarim, 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" bilan barchangizni muborakbod etaman.
Oilangizning, vatanimizning mustahkam suyanchi va tayanchi bo‘lib yurish nasib qilsin!!

Birga xizmat qilgan safdoshlarim, komandirlarim barchangizga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Baxtimizga sizu-bizdek harbiylar doimo sog'-omon bo'lib yuring. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin.
Bizning mard va jasur harbiylarimiz bor ekan, yurtimiz tinchligiga hechkim rahna sololmaydi!

Qay makondа qay tomonda,
Tinimi yo'q shom azonda
Ne bo'lsa ham issiq jonda
Yigit boshi omon bo'lsin.

Doim deydi uyim joyim,
Halol mehnat qilsa doim,
Rizqin ulug' qil Xudoyim
Yigit boshi omon bo'lsin...

O'zbekning mard va jasur o'g'lonlari bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan leytenant Izzatxo'ja Asomiddinov

@Izzatkhoja - O'zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!!!