Get Mystery Box with random crypto!

​​SMART texnologiyasi haqida bilasizmi Bugungi raqamlashgan | Abituriyentlar 🇺🇿 UZ

​​SMART texnologiyasi haqida bilasizmi

Bugungi raqamlashgan, axborot hamma tarafdan oqib kelayotgan bir davrda ma'lum bir maqsad qo'yish va unga erishish biroz mushkuldek tuyiladi. Shunday vaziyatda bizga SMART usuli qo'l keladi.

Xo'sh, SMART o'zi nima?

Ingliz tilini biladiganlar buni oson tushuna oladilar. Demak:
S pecific (aniq)
M easurable (o'lchovga ega)
A ttractive (jozibali)
R ealistic/relevant (real)
T imely (aniq vaqtga mo'ljallangan)

Bu nima degani

Masalan, siz o'z oldingizga maqsad qo'ydingiz. U aniq bo'lishi kerak. Masalan, "men olim bo'laman" emas, "men falon yilda bakalavrga, falon yilda magistraturaga kiraman, falon yilda ilmiy ishimni yoqlayman" kabi.

Maqsadingiz o'lchovga ega bo'lishi kerak. Masalan, "men talaba bo'laman" emas, "men birinchi yildayoq falon ball bilan grant asosida talaba bo'laman" kabi.

Maqsadingiz jozibali, ya'ni o'zingiz uchun qiziqarli bo'lishi kerak. Ya'ni siz talaba bo'lishga ota-onangiz, qarindoshlaringiz istagani uchun emas, aynan o'zingiz istaganingiz uchun harakat qilishingiz kerak.

Maqsadingiz real bo'lishi kerak. Masalan, men eng yuqori ball bilan o'qishga kiraman deb maqsad qo'yishingiz mumkin, ammo siz o'z bilimingizni va imkoniyatlaringizni baholay olasiz, baribir ham 100% ball to'play olmasligingizni bilasiz. Maqsad qancha real bo'lsa, shuncha samarali amalga oshadi.

Maqsadingizning aniq vaqti bo'lishi kerak. Bir kun ichida 100 ta yangi so'z yodlayman, 2023-yilda talaba bo'laman, hafta oxirida ingliz tilidan sertifikat uchun imtihon topshiraman, kabi.

Agar siz maqsadni aniq qo'ymay, millioner bo'laman deb osmonda uchib yursangiz, hech narsaga erisha olmaysiz.

SMARTga ko'ra o'zingiz eng yaqin turgan maqsadingizni izohlab yozib chiqing va harakat qiling.

O'ylaganingizga albatta erishasiz InshaAlloh!

https://t.me/Abituriyentlarx