Get Mystery Box with random crypto!

KURSDOSHLARIMGA Toʻrt yillik davronlar oʻtar-u ketar Bu yilla | Abituriyentlar 🇺🇿 UZ

KURSDOSHLARIMGA

Toʻrt yillik davronlar oʻtar-u ketar
Bu yillar qadriga afsus kim yetar.
Bu sinovli kunlar oʻtib ham ketar,
Sizlarni sogʻindim aziz kursdoshlar.

Tinmay oʻy-hayollar chorlar siz tomon,
Dillar qumsamoqda juda ham yomon,
Mayli qadrdonlar boʻling sogʻ-omon.
Sizlarni sogʻindim aziz kursdoshlar.

Diydor endi qachon nasib qilarkan,
Koʻzlar bir-birini qachon koʻrarkan?
Sogʻinish juda ham yomon boʻlarkan.
Sizlarni sogʻindim aziz kursdoshlar
.

Kursdoshlarga yuboramiz!

#tabassum_vaqti

Masofaviy (onlayn) ta’lim mana qanday bo‘lishi kerak - Domlalar orzusi

https://t.me/Abituriyentlarx