Get Mystery Box with random crypto!

ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY

Telegram kanalining logotibi abituriyentlari — ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlari — ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY
Kanal manzili: @abituriyentlari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.13K
Kanalning ta’rifi

Reklama uchun: @English_channels_uz
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring🔥
Kunlik testlar va savollar kanali🧾
📚 @mandatlar_robot imtihon Natijalari ✅
🧑‍💻Admin: @UZB_ADMINSTRATOR7‼️

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-11-15 19:58:27
Keyingi oʻquv yilidan avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlanadi

Yangi qarorga ko'ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

1) OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

2) Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar
13.5K views16:58
Ochish/sharhlash
2023-11-12 14:31:58
Olimpiada boshlandi
Fan: INGLIZ TILI

1-sinf uchun test kodi ➪︎ 16846
2-sinf uchun test kodi ➪︎ 16846
3-sinf uchun test kodi ➪︎ 16847
4-sinf uchun test kodi ➪︎ 16847
5-sinf uchun test kodi ➪︎ 16848
6-sinf uchun test kodi ➪︎ 16848
7-sinf uchun test kodi ➪︎ 16849
8-sinf uchun test kodi ➪︎ 16849
9-sinf uchun test kodi ➪︎ 16850
10-sinf uchun test kodi ➪︎ 16850
11-sinf uchun test kodi ➪︎ 16850

Sertifikat hammaga beriladi, 6 - iyun soat 22 00 gacha @Online_Olimpiadalari_bot ga javoblaringizni yuborishingiz mumkin

Javoblarni aynan
@Online_Olimpiadalari_bot
@Online_Olimpiadalari_bot ga quyidagicha yuboring:
     abcdac... (10 ta)

Do'stlarga yuboramiz
Kanalimiz↓
@ABITURIYENTLARI
22.0K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2023-11-09 18:08:15 Qishki "perevod"da kimlar o'qishini ko'chirishiga ruxsat beriladi? — Qishki "perevod" haqida siz bilmagan ma'lumotlar

Qishki perevod uchun arizalar 20-dekabridan 20-yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1-talaba
oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2-davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar
13.4K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-11-07 11:16:38 IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Xulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

Tilning asosi bu grammatika.  Til qoidalari grammatikada,  uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan,  katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima  ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar
13.3K viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2023-11-06 16:57:52
Olimpiada boshlandi
Fan: INGLIZ TILI

1-2-sinflar uchun test kodi ➪︎ 9979
3-4-sinflar uchun test kodi ➪︎ 9980
5-6-sinflar uchun test kodi ➪︎ 9981
7-8-sinflar uchun test kodi ➪︎ 9982
9-10-11-sinf test kodi ➪︎ 9983

Sertifikat hammaga beriladi, testimiz 9-noyabr soat 22 00 gacha
@Online_Olimpiadalari_bot ga javoblaringizni yuborishingiz mumkin

Javoblarni aynan
@Online_Olimpiadalari_bot
@Online_Olimpiadalari_bot ga quyidagicha yuboring:
abcdac... (10 ta)

Do'stlarga yuboramiz
Kanalimiz↓
@ABITURIYENTLARI
37.3K views13:57
Ochish/sharhlash
2023-11-04 17:11:49 Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar
15.5K views14:11
Ochish/sharhlash
2023-11-01 18:44:37
Keyingi yil abituriyentlar nechta fandan imtihon topshiradi?

Keyingi yil ham abituriyentlardan 5 ta fandan imtihon olish reja qilingan.

Bir muddat kelasi yildan mutaxassislik fanlari 2 tadan 3 taga ko‘payib, jami 6 ta fandan imtihon bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq ular assosiz.

Kelgusi yilda ham har galgidek 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan imtihon bo‘ladi.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar
12.6K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-11-01 18:42:24 Diqqat: Bepul Online IELTS kursiga marhamat

https://t.me/+I9rpETgfBlcyOGE6
https://t.me/+I9rpETgfBlcyOGE6
https://t.me/+I9rpETgfBlcyOGE6

Darslar kunlik 15:00 dan boshlanadi.
Kurs: 5 oyga mo'ljallangan.
Kurs: Bepul va haftada 5 kun bo'ladi.

@SHOCKING_IELTS Let's go
12.7K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-10-31 10:11:50
Izohsiz

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar
12.9K views07:11
Ochish/sharhlash
2023-10-31 08:47:44
Allaqachon hali kanalga e'lon qilmasimdan 20ga yaqin kitob sotildi

- Kitobni Pdf variant - 39,000 so'm (80,000)
- Kitobni 'hard copy' + dastavka esa - 77,000 so'm (150,000)

Kitobda :
IELTS va MULTILEVEL'da eng qiyin 11ta mavzu;
55ta ta maqola
500ga yaqin shu qiyin mavzularda eng ko'p so'z boyliklari + tarjimalari
shu mavzularda g'oyalar
55ta writing task - sizni yodlagan so'zlalaringizni va g'oyalaringizni esingizda yaxshiroq qolishi uchun.

Qisqasi bunaqa kitob hech qayerda yo'q. Arzon narxda, va puliga 10X arziydi.

Sotib olish uchun : @Online_qabul_bolimi ga yozing. Va iltimos sabrli bo'ling - murojaatlar ko'p)
12.9K views05:47
Ochish/sharhlash