Get Mystery Box with random crypto!

ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY

Telegram kanalining logotibi abituriyentlari — ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlari — ABITURIYENTLAR 🎓 | RASMIY
Kanal manzili: @abituriyentlari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.10K
Kanalning ta’rifi

Reklama uchun: @English_channels_uz
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring🔥
Kunlik testlar va savollar kanali🧾
📚 @mandatlar_robot imtihon Natijalari ✅
🧑‍💻Admin: @UZB_ADMINSTRATOR7‼️

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 52

2022-04-24 17:59:02 2021 yilda qaysi hududda eng ko‘p abituriyentlar talaba bo‘lishgan?

2021 yildagi kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 179 ming 352 nafar abituriyent talabalikga tasviya qilingan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, talaba bo‘lgan abituriyentlarning soni bo‘yicha Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari yetakchilik qilgan. Bu ushbu hududlarda umumiy abituriyentlar sonining ko‘pligi bilan ham bog‘liq.

Talaba bo‘lgan abituriyentlar soni bo‘yicha hududlar ko‘rsatkichi quyidagicha:

Samarqand – 18 989 nafar;
Qashqadaryo – 18 595 nafar;
Farg‘ona – 17 698 nafar;

Toshkent viloyati – 13 907 nafar;
Buxoro – 13 640 nafar;
Qoraqalpog‘iston – 13 546 nafar;

Surxondaryo – 13 331 nafar;
Namangan – 12 111 nafar;
Jizzax – 11 012 nafar;

Xorazm – 10 742 nafar;
Toshkent shahri – 10 740 nafar;
Andijon – 10 084 nafar;

Navoiy – 9 187 nafar;
Sirdaryo – 5 770 nafar;

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
11.4K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-04-24 16:29:02
O‘tgan yilgi 2021-yil kirish imtihonlarida Ona tili va adabiyot fanidan shakllantiriladigan 20 talik variantlarda savollarning mavzu va bo'limlar bo'yicha taxminiy taqsimlanishi:

Ona tili:

Fonetika: 1 ta;
Imlo qoidalari (yozma savodxonlik): 1 ta;
Punktuatsiya (yozma savodxonlik): 1 ta;
Lug'at boyligi (leksikologiya: ma'nodosh, shakldosh, antonim va paronim so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar, iboralar va b) 2 ta;
Uslubiyat: 1 ta;
Grammatika (morfologiya va sintaksis): 4 ta;
Matn ustida ishlash: 2 ta


Jami: 12 ta.

Adabiyot:

Xalq og'zaki ijodi: 1 ta;
Mumtoz adabiyot: 2 ta;
Zamonaviy adabiyot va mustaqil o'qish uchun badiiy asarlar: 2 ta;
Jahon adabiyoti: 1 ta;
Badiiy matn ustida ishlash (matn mazmunini tushunish va adabiyot nazariyasi): 2 ta.


Jami: 8 ta.

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
9.1K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-04-24 08:29:02 Prezident qarori bilan oʻqishga kirish uchun yangi imtiyoz turi yaratildi.

“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etildi.

Oʻqishga kirishda imtiyoz

Qarorga koʻra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida 10-11-sinf oʻquvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi. Oʻquvchilar unga ixtiyoriy aʼzo boʻladi.

2022/2023 oʻquv yilidan “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni aʼlo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladi.

Tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.
11.8K viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash
2022-04-23 19:15:41
Toshkent davlat yuridik universiteti uchun test olinadigan fanlar o‘zgaradi

Asosiy blokdagi tarix fani o‘rniga huquqshunoslik fanidan imtihon olina boshlanadi. 2023-yilgi qabuldan boshlab o‘zgarish amalga oshiriladi.

OTM 2023-yilda hujjat topshiradigan abituriyentlarni hozirdan Davlat va huquq asoslari, Konstitusiyaviy huquq asoslari fanlarini o‘rganishlari kerakligi haqida ogohlantirdi.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
13.2K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-04-23 08:29:02
2022/2023 oʻquv yilidan magistraturada oʻqiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti toʻlab beriladi

Batafsil infografikada rasmda

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
14.2K views05:29
Ochish/sharhlash
2022-04-22 18:29:02
Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

Yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
14.8K views15:29
Ochish/sharhlash
2022-04-22 17:59:02
#Rasmiy

Taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

Yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm);

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;

- doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.


Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
12.2K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-04-22 17:05:07
Moliyaviy mustaqil OTMlar qanday huquqlarga ega?

“Huquqiy axborot” kanalining eslatishicha, prezident qarori bilan 35ta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilmoqda. Ular quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish;
bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
11.1K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2022-04-22 10:12:20 O'zbekistonda yillarning nomlanishi

1991-yil "Alisher Navoiy yili"
1992-yil "Hamshiralar yili"
1993-yil "Ahmad Yassaviy yili"
1994-yil "Mirzo Ulug'bek yili"
1995-yil "Ibn Sino yili"
1996-yil "Amir Temur yili:
1997-yil "Inson manfaatlari yili"
1998-yil "Oila yili"
1999-yil "Ayollar yili"
2000-yil "Sogʻlom avlod yili"
2001-yil "Onalar va bolalar yili"
2002-yil "Qariyalarni qadrlash yili"
2003-yil "Obod mahalla yili"
2004-yil "Mehr-muruvvat yili"
2005-yil "Sihat-salomatlik yili"
2006-yil "Homiylar va shifokorlar yili"
2007-yil "Ijtimoiy himoya yili"
2008-yil "Yoshlar yili"
2009-yil "Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili"
2010-yil "Barkamol avlod yili"
2011-yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili"
2012-yil "Mustahkam oila yili"
2013-yil "Obod turmush yili"
2014-yil "Sogʻlom bola yili"
2015-yil "Keksalarni eʼzozlash yili"
2016-yil "Sogʻlom ona va bola yili"
2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"
2018-yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"
2019-yil "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"
2020-yil "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"
2021-yil "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
15.3K views07:12
Ochish/sharhlash
2022-04-21 18:09:36
2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi — XTV.

O‘zbekiston maktablarida 9- va 11-sinf o‘quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.

Abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyentlari
16.5K viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash