Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @abituriyentlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar.uz
https://youtube.com/c/ORIFBEKUZAbituriyentlar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2021-09-12 11:30:00 ​​​ Talabalarga taʼlim krediti berishning yangi tartibi tasdiqlandi

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori (№527, 18.08.2021 y.)

Kredit miqdori: talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan toʻlov-kontrakt shartnomasi miqdorida

Muddati: oʻqish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

Foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14%).

Asosiy stavka oʻzgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka koʻtarilsa, unda kredit foizi oʻzgarmaydi (yaʼni koʻtarilmaydi).

Kimlarga beriladi: taʼlim krediti

kunduzgi taʼlim shakliga
bakalavr yoki magistrga
toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan
yoki oʻqishini koʻchirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti Oʻzbekistondagi

davlat
nodavlat
xorijiy OTMlar yoki ularning filiallari
qoʻshma dasturda oʻqiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda oʻqish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Fuqarolik: taʼlim krediti faqat Oʻzbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga banklarning oʻzlari tijoriy shartlarda taʼlim krediti berishi mumkin.

Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va OTM oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar boʻlsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

Ariza koʻrib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida koʻrib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi koʻrsatilgan javob xati beriladi.

Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
16.7K views08:30
Ochish/sharhlash
2021-09-12 10:30:00 Davlat granti minimal o‘tish bali – 68,0 ball
To‘lov-kontrakt minimal o‘tish bali – 56,7 ball

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 33,3 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar hamda uchta majburiy fan bo‘yicha test sinovida ishtirok etmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
14.3K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-09-12 09:30:10 ​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
14.1K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-09-12 08:30:00 Perevodchilar ham apellatsiya berishlari mumkin

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar talabgor haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
12.1K views05:30
Ochish/sharhlash
2021-09-12 07:50:00 Akademik ta’til qanday hollarda berilishini bilasizmi ?

akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;

talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;

akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
12.3K views04:50
Ochish/sharhlash
2021-09-12 06:28:14
Kim maktab darsliklarining elektron shaklini so'rayotgan edi?!

Marhamat, o‘zingizga kerakli sinf darsliklarining eng oxirgi nashrini PDF formatda yuklab oling:

1-sinflar uchun
2-sinflar uchun
3-sinflar uchun
4-sinflar uchun
5-sinflar uchun
6-sinflar uchun
7-sinflar uchun
8-sinflar uchun
9-sinflar uchun
10-sinflar uchun
11-sinflar uchun

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
14.2K views03:28
Ochish/sharhlash
2021-09-04 19:29:47
1-kursga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv haftaligi va mustaqillik darslari 6-sentabrdan boshlanadi

Oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari esa 13-sentabrdan boshlanadi.

Tanishtiruv haftaligini tashkil etishda boshqa hududlardan boʻlgan talabalarning OTMga yetib kelib, turar-joyiga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi. — Oliy ta'lim vazirligi

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
24.5K views16:29
Ochish/sharhlash
2021-09-04 16:30:00 ​​Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2021-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).


Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
30.1K views13:30
Ochish/sharhlash
2021-09-04 16:00:28
Turkiya universitetlariga qabul davom etadi!

Eng nufuzli universitetlarda o'zingiz istagan yo'nalishning birida tahsil oling:
⁣⁣⠀
- Ingliz tili
- Arxitektura
- Iqtisodiyot⁣⁣⠀
- Biznes boshqaruvi⠀
- Xalqaro munosabatlar⁣⁣
- Komputer muhandisligi⠀
- Xalqaro savdo va logistika
- Media va jurnalistika
- Fizioterapiya
- Dasturlash
- Psixologiya
- Akusherlik

Batafsil maʼlumot uchun
+998999756013
+998998956013

Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Telegram
23.6K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-09-04 15:30:00
Geyts va Tsukerberg o'qishni tashlab ketib, boyib ketgan deb, oʻqishni istamayotganlarga: ular Harvardni tashlab ketishgan, SamDuni emas.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
20.9K views12:30
Ochish/sharhlash