Get Mystery Box with random crypto!

28-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni Deka | Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar

28-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

Dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-noyabr kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 28-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar 29-noyabrdan 1-dekabrga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

Test sinovlari 15-dekabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari

@ABITURIYENTINFO