Get Mystery Box with random crypto!

​​ Taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun bir qator keng imkoniyat | Davlat Test Markazi

​​ Taʼlim tizimida xotin-qizlar uchun bir qator keng imkoniyatlar:

- yangi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard soʻm);

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) taʼlim kontrakti mahalliy byudjetdan toʻlab beriladi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy oʻqishga sharoit yaratiladi;

- doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

Batafsil ma'lumot https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi