Rasman: Diniy taʼlim muassasalariga 20-iyundan hujjat qabul | Davlat Test Markazi
Rasman: Diniy taʼlim muassasalariga 20-iyundan hujjat qabul qilish boshlandi
2022-2023-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda taʼlim muassasasi qabul hayʼati tomonidan qabul qilinadi.
Oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasalariga hujjatlar 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza; pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi); maʼlumoti toʻgʻrisida attestat yoki diplom (asl nusxasi); 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi kerak); chet tili bilishi toʻgʻrisidagi sertifikat (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatda koʻrsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til boʻyicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
Oliy diniy ta'lim muasasalariga:
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilish davom etadi.
Hadis ilmi maktabiga 20-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza; pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi); oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) asl nusxasi; 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi); “Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar uchun).
Manba:Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Taʼlim va ilmiy-tadqiqot boʻlimi
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...