Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 95.00K
Kanalning ta’rifi

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-01-10 12:48:24
Amerika universiteti endi Markaziy Osiyoda

American University of Central Asia (AUCA) — AQSh taʼlim tizimi asosida oʻqituvchi ushbu universitet endi qoʻshni Qirgʻiziston poytaxti, Bishkek shahrida va unda U.S.-CAEF 2024 stipendiya dasturi doirasida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonlik isteʼdodli yoshlar 4ta yoʻnalish boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishlari mumkin:

Biznes boshqaruvi
Iqtisodiyot
Dasturiy taʼminot muhandisligi
Amaliy matematika va informatika

Universitet shuningdek, quyidagi afzalliklarga ham ega:

Toʻrt yillik taʼlim xarajatlari qoplanadi (GRANT);
Oylik stipendiya;
Turar joy;
Sayohat puli;
Yozgi bepul amaliyotlar;
Shaxsiy rivojlanish va boshqalar

Hujjatlar 2024-yilning 15-yanvarigacha online tarzda qabul qilinadi.
Toʻliq maʼlumotlar universitet saytida:
https://uscaef.org/apply/
13.9K views09:48
Ochish/sharhlash
2023-12-31 20:20:17 Yangi yil muborak, aziz yurtdoshlar!

Jannatmakon yurtimiz uzra orzularga boy va olam-olam quvonch bilan yangi — 2024-yil kirib kelmoqda!

Bilimni baholash agentligi jamoasi ushbu tantana bilan barchani qizg‘in muborakbod etadi!

2024-yilda baxt va omad barchaning sodiq hamrohi bo‘lsin! Qalblar hamisha quvonchlarga to‘lsin!

Keyingi yillarda ham yurtimiz ravnaqi bardavom va barqaror bo‘lsin!
17.7K viewsedited  17:20
Ochish/sharhlash
2023-12-20 11:32:09 Rasman: 2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.8K viewsedited  08:32
Ochish/sharhlash
2023-12-15 18:22:04
2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.5K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2023-12-06 12:20:57
2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.


@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
29.7K views09:20
Ochish/sharhlash
2023-11-27 10:36:23
Prezident sovrini uchun talabalar o’rtasida o’tkaziladigan “Zakovat” Intellektual olimpiadasining hududiy saralash bosqichi natijalari ma’lum bo’ldi

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi mazkur 50 ta OTM jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
32.8K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-11-25 08:02:05
QS Ranking bo’yicha Top 400(QS) ga kirgan Xiamen Universiteti O'zbekiston uchun 20ta Grant joylarini ajratdi

Siz 4 yil uchun 100% Grant yutib olishingiz mumkun. Grant olish jarayoni 2-bosqichga bo’linadi:

-Bosqich. Google Formani to’liq to’ldirish kerak va albatta baholarni (yani transcript/tabelni) google formaga joylash kerak.

-Bosqich. Intervyudan o’tish kerak bo’ladi. *Faqatgina saralangan talabalar Intervyuga chaqiriladi *

Xiamen Malaysia Universiteti kampusi Kuala-Lampur shahridan 40km uzoqlikda joylashgan. Kampusning o’ziga $300 million investitsiya kiritilgan va talabalar uchun xamma sharoitlar yaratilgan.
Grant uchun deadline: 28 - Noyabr

+998 91 798 61 42

Ro'yxatdan o'tish
29.1K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-11-12 18:32:37
O‘zbekistonliklar ham endi ChatGPT'dan foydalanishlari mumkin

Sun’iy intellektga asoslangan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi.

Bundan avval mazkur xizmatdan faqat VPN'ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Endilikda O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

ChatGPT ayniqsa ta'lim sohasida o'qituvchi va talabalar uchun yaxshigina yordamchi bo'lib xizmat qilishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
22.9K views15:32
Ochish/sharhlash
2023-10-31 11:02:27
Rasman: endi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Bu degani, maktabni bitirayotganda qizlar ham o‘qishga kirishga imtiyoz ola olishi mumkinligini anglatadi. "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga to‘plagan balliga 15 foiz qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

Lekin keyingi qabulgacha imtiyozlar butunlay tugatib yuborilsa ham yaxshi bo‘lardi. Biroq reja bo‘yicha hozircha imtiyozlarni faqat umumiy kvotadan ajratish belgilangan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
38.8K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-10-30 11:45:01
Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko'ra bugun, 30-oktyabr kuni biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 5-noyabr (to‘lov qilish 6-noyabr) ga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
36.0K views08:45
Ochish/sharhlash