Get Mystery Box with random crypto!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini | Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:

xalqaro olimpiada g‘oliblari;
ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
–top 10% talabalarga 100% grant;
–keyingi 10% talabalarga 70% grant;
–keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.