Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓 A
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Тезкор
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_baholashuz — Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
Kanaldagi mavzular:
Qabul
Тезкор
Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.36K
Kanalning ta’rifi

📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-07-25 05:55:08 "Perevod"ning qanday turlari bor?

O‘qishni ko‘chirishning asosiy 2 ta turi bor:
Xorijiy va xususiy OTMdan davlat OTMiga — transfer.edu.uz orqali;

Respublikadagi bir OTMdan boshqa OTMga my.uzbmb.uz orqali.

Lekin ichki "perevod"ning yana bir qancha turlari bor:

boshqa ta’lim shakliga o‘qishni ko‘chirish — hozirda ta'lim olayotgan talabaning aynan o‘z ta'lim muassasasi va yo‘nalishi bo’yicha ta'lim shaklini o’zgartirishi;
o‘qishni qayta tiklash — o‘qishdan chetlatilgan talabalarning aynan o‘z yo‘nalishi va ta'lim muassasasiga tiklashi;
o‘qishni ko‘chirib tiklash — o‘qishdan chetlatilgan talabalarning boshqa ta'lim muassasasiga mos yo‘nalishi bo’yicha o’qishni ko’chirish.

Yuqoridagi "perevod" turlaridan foydalanish uchun transfer.edu.uz platformasi orqali ariza beriladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
8.8K views02:55
Ochish/sharhlash
2023-07-23 15:58:58 #eslatma

Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi

2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:

-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
30.4K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-07-22 14:21:03 Tibbiyot OTMlarining IELTS sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini berish yo‘lga qo‘yiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda mavjud 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi talabalar orasidan 7,5 va undan yuqori bo‘lgan ingliz tili IELTS sertifikatiga hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi C1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalar ko‘pligini ta’kidlab, amaldagi tartibga o‘zgartirish kiritish hamda bunday talabalarga vazir stipendiyasini to‘lab borish tizimi joriy etilishini ma’lum qildi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
28.5K views11:21
Ochish/sharhlash
2023-07-22 10:02:01
#perevod_2023 #fake

Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi feyk xabar tarqalmoqda

Ayrim telegram kanallarida asossiz ravishda qo'shni mamlakatlarda tahsil olayotgan talabalarning o'qishi yozgi qabul jarayonlarida test-sinovlarisiz yurtimiz oliygohlariga ko'chirilishi haqidagi soxta-feyk xabarlar tarqalmoqda.

Hurmatli talaba va ularning ota-onalar!

Bu kabi asossiz va yolg'on xabarlarga ishonib qolmang. Yozgi o'qishni ko'chirish jarayoni belgilangan test sinovlari asosida amalga oshiriladi va shunga astoydil tayyorlanishingizni so'rab qolamiz.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
29.1K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-07-21 16:12:23
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

To‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun (21-iyul) soat 23:59 ga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
28.1K views13:12
Ochish/sharhlash
2023-07-20 20:24:29 Qabul tugashiga 2 soatdan kamroq vaqt qoldi. Millionlik dovondan o’tildi.

Abituriyentlar soni — 1 mln ming 594 nafar (soat 22:00 holatiga).

@Abituriyent | Axborot portali
28.3K views17:24
Ochish/sharhlash
2023-07-20 08:51:37 Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun
(20-iyul kuni) oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Abituriyentlar bugun (20-iyul) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (21-iyul) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
28.2K views05:51
Ochish/sharhlash
2023-07-19 15:35:40
To‘lovdan ozod abituriyent adashib pul to‘lasa, qanday qaytarib oladi?

Test sinovida qatnashish uchun abituriyentlar 165 ming so‘m to‘lov qiladi.

To‘lovdan ozod abituriyentlar toifalari

Lekin agar abituriyent to‘lov qilmaydigan toifada bo‘lsa va adashib to‘lov qilib qo‘ygan bo‘lsa, u Bilimni baholash agentligi direktori nomiga to‘lovni qaytarish bo‘yicha ariza yozishi kerak.

Arizada to‘lovdan ozod toifaga kirishi, adashib to‘lov qilgani ko‘rsatilishi kerak. Arizani tashkilotga olib borsa ham, info@uzbmb.uz manziliga onlayn yuborsa ham bo‘ladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.3K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-07-19 08:57:59 Litseyga imtihon topshiruvchilarga 20-iyulda ruxsatnoma beriladi

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar 20-iyul kech soat 18:00 dan boshlab test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
24.4K views05:57
Ochish/sharhlash
2023-07-18 11:09:30 #perevod_2023

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza berganlar soni — 3 760 nafar. Shundan:

1 929 nafari — erkak;
1 831 nafari — ayol.

Talabgorlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Andijon viloyati — 496 nafar (13 %)
Farg‘ona viloyati — 379 nafar (10 %)
Toshkent viloyati — 354 nafar (9 %)
Namangan viloyati — 330 nafar (9 %)
Qashqadaryo viloyati — 326 nafar (9 %)
Xorazm viloyati — 299 nafar (8 %)
Toshkent shahri — 298 nafar (8 %)
Samarqand viloyati — 296 nafar (8 %)
Surxondaryo viloyati — 269 nafar (7 %)
Buxoro viloyati — 175 nafar (5 %)
Jizzax viloyati — 168 nafar (4 %)
Sirdaryo viloyati — 130 nafar (3 %)
Navoiy viloyati — 127 nafar (3 %)
Qoraqalpog‘iston Res. — 113 nafar (3 %)

Talabgorlarning qayerdan o‘qishni ko‘chirayotgani bo‘yicha taqsimot:

O‘zbekiston1 961 nafar (52,15 %)
Qirg‘iziston945 nafar (25,13 %)
Rossiya376 nafar (10 %)
Tojikiston246 nafar (6,54 %)
Qozog‘iston164 nafar (4,36 %)
Qoldan davlatlar — 68 nafar (1,81 %)

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
25.9K views08:09
Ochish/sharhlash