Get Mystery Box with random crypto!

Abiturientlar

Telegram kanalining logotibi abiturientlarga_yordam — Abiturientlar A
Telegram kanalining logotibi abiturientlarga_yordam — Abiturientlar
Kanal manzili: @abiturientlarga_yordam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-19 17:27:54 Xotin-qizlarga foizsiz taʼlim krediti beriladi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan bo‘ldi.

Batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15110

Izoh-1: Yigitlarga ham ta'lim krediti beriladi, faqat ular uchun foiz ham hisoblanadi. Batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/10871

Izoh-2: avval barchasini tinglab, o'qib, keyin savol bering.


@xushnudbekuz
21 views14:27
Ochish/sharhlash
2022-07-19 09:24:41 Ta’lim krediti bo‘yicha xotin-qizlarga yengilliklar berildi

Prezidentning «Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, belgilandiki, xotin-qizlarga:

tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;

ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;

ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Kanalga ulanish:
@masofatalim
23 views06:24
Ochish/sharhlash
2022-07-16 09:49:14 Қабул жараёнларига оид савол-жавоблар:
#abituriyent

Бакалавр, магистратура, мақсадли ва имтиёзли квоталарни қаердан кўрса бўлади? Жавоб

Кимлар абитуриент сифатида ўқишга топшира олишади? Жавоб

Талабалар ҳам абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топшира оладими? Жавоб

10-синфни тугатганлар тестга кириб, талаба бўла оладими? Жавоб

Ҳам переводга, ҳам абитуриент сифатида ариза топширса бўладими? Шунда 2 та тестга кирадими? Жавоб

Қайси йўналишда қайси фанлардан имтиҳон бўлади? Жавоб

Бешта йўналишни танлаш шартлари қанақа? Жавоб

Ижодий имтиҳони бор жойда фақат 1 та йўналиш танлаб бўладими? Жавоб

"Бу телефон рақам олдин рўйхатдан ўтган" деса, нима қилиш керак? Жавоб

Танлов устуворлигини белгилаш нима дегани? Жавоб

«Давлат гранти» ҳамда «Давлат гранти ва тўлов-контракт» дегандан қайси бирини танлаш керак? Жавоб

Кундузги билан сиртқи қўшиб танланганда давлат гранти устуворлиги масаласи қанақа бўлади? Жавоб

Имтиёзли қўшимча квоталар фақат биринчи йўналишга ўтадими ёки бешаласига ҳамми? Жавоб

Мақсадли қабул нима дегани? Жавоб

Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади? Жавоб

Сўхлик абитуриентлар имтиёзи қандай қўлланади? Жавоб

5 йил стажга эга ўрта махсус ўқитувчилар учун 1000 та мақсадли квота қандай қўлланади? Жавоб

Нега ДТМ сайтида тугатган йили сифатида 2022 йилни танлаб бўлмаяпти? Жавоб

Хотин-қизларга берилган тавсияномалар нега ДТМ сайтида кўринмаяпти? Жавоб

IELTS сертификати нега тасдиқланмаяпти? Жавоб

Ногиронлиги бўлган шахслар маълумотни қандай киритади? Жавоб

Ҳужжат топшириб бўлгач, яна йўналишни ўзгартирса бўладими? Жавоб

Қайси йўналишга қанча ҳужжат топширилганини кўрса бўладими? Жавоб

Тестга кириш учун қанча тўлов қилинади? Жавоб

Тўловни онлайн қилса ҳам бўладими? Жавоб

Нега менда тўлов чиқмаяпти? Жавоб

Ижодий имтиҳон топширадиганлар ҳам тест учун тўлов қиладими? Жавоб

Абитуриентлар максимал балл олиши учун чет тилини қай даражада билиши керак? Жавоб

Тестни қайси ҳудудда топшириш мумкин? Жавоб

Тест саволларини ишлаш учун қанча вақт берилади? Жавоб

Абитуриентлар тестга кириши учун вакцина олган бўлиши керакми? Жавоб

Тест топшириш учун абитуриентларда фақат ID карта бўлиши керакми? Жавоб

Иккинчи мутахассислик бўйича қаердан маълумот олса бўлади? Жавоб

Ўтган йилги кириш балларини қаердан кўрса бўлади? Жавоб

Ижтимоий иш (фуқароларнинг ўз-ўзини бошқариш органлари) йўналиши нега ДТМ сайтида чиқмаяпти? Жавоб


@xushnudbek
17 views06:49
Ochish/sharhlash
2022-07-16 08:57:05
Abituriyentlar uchun 1 milliardlik Grant!

— Cambridge International University
Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 1 milliard so‘m bo‘lgan "Millat Umidi Granti" tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi - Respublika miqyosida tahsil olayotgan maktab bitiruvchilari va abituriyentlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moliyaviy rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlov kimlar uchun?
— Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun

Grant uchun kvota:
— Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 70 nafar talaba uchun belgilangan

Grant miqdori:
— 1 milliard so'm

Tanlovda qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda eng nufuzli universitet talabasiga aylaning.

Video intervyu:



Ro'yxatdan o'tish: t.me/GrantCIU_bot
18 views05:57
Ochish/sharhlash
2022-07-16 08:43:05 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

@alisher_sadullaev
17 views05:43
Ochish/sharhlash
2022-07-04 07:06:36 bot: @abituriyentlar_Robot
95 views04:06
Ochish/sharhlash
2022-07-03 21:56:00 KVOTA-2022
#abituriyent

MAQSADLI QABUL:

Sog’liqni saqlash;
Xalq ta’limi;
Veterinariya;
Ijtimoiy ish.


@xushnudbekuz
97 views18:56
Ochish/sharhlash
2022-06-30 12:41:19
DTM saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
128 views09:41
Ochish/sharhlash
2022-06-30 10:33:07
“Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?
#abituriyent

JAVOB: Parolni tiklash kerak.

Ko’pchilik abituriyentlar o’tgan yili DTM saytida ro’yxatdan o’tgan telefon raqami bilan yana bir marotaba ro’yxatdan o’tishga urunishmoqda. Natijada ularga “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan!!!” degan ogohlantirish chiqmoqda (1-rasm).

Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

Eng avvalo shuni bilingki, agar telefon raqam tizimda bor bo’lsa, unda siz qayta ro’yxatdan o’tishingiz shart emas. Sizga “Tizimga kirish” yoki “Parolni tiklash” funksiyalari yordam beradi.

1-variant: o’tgan yilgi parolingizni yoddan bilsangiz, unda “Tizimga kirish” degan joydan telefon raqamingiz orqali qayta tizimga kiring (2-rasm).

2-variant: agar o’tgan yilgi parolni eslay olmasangiz, unda bu ham vahimali emas. Shunchaki, quyidagi amallarni bajaring:

a) “Parolni tiklash” sahifasiga kiring. Telefon raqamingizni va so’ralgan matematik amalni kiritib, “Parolni tiklash” tugmasini bosing (3-rasm);

b) 5100 raqamidan telefoningizga kelgan 6 ta harfli parolni kiriting va “Tasdiqlash” tugmasini bosing (4-rasm).

c) yangi parol qo’ying va “Kirish” tugmasini bosing (5-rasm).

Bo’ldi, qarabsizki siz o’z telefon raqamingiz bilan tizimga kirdingiz.


@xushnudbek
119 views07:33
Ochish/sharhlash
2022-06-28 06:43:36
Qabul boshlandi!

Vanihoyat DTMning my.dtm.uz sayti orqali yo’nalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

Barchaga omad!

Фарғоналикларга Қўшилинг
https://telegram.me/joinchat/Rm7MVh8O1Ac4NWIy
124 views03:43
Ochish/sharhlash