Get Mystery Box with random crypto!

Ak

Telegram kanalining logotibi abiturentlar_kanaii — Ak A
Telegram kanalining logotibi abiturentlar_kanaii — Ak
Kanal manzili: @abiturentlar_kanaii
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

🔍 Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Rasmiy yangiliklarni sodda tilda berib boruvchi DTMning norasmiy kanalidasiz!
Reklama uchun: @rg_agentlik

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-10-01 05:47:20
1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.


Bayramingiz muborak aziz ustozlar!
@Abiturentlar_kanaIi
2.1K views02:47
Ochish/sharhlash
2022-09-30 20:26:10 Коллеж ва техникумларга кириш тест синовларида иштирок этадиган талабгорлар эртага — 1 октябрь куни соат 11:00 дан 12:00 гача ўзлари тест синовида иштирок этадиган биноларга келиб, тест синови ўтказиладиган жойлар билан танишиб кетишлари мумкин.


Коллеж ва техникумларга кириш тест синовларида иштирок этадиган талабгорлар эртага — 1 октябрь куни соат 11:00 дан 12:00 гача ўзлари тест синовида иштирок этадиган биноларга келиб, тест синови ўтказиладиган жойлар билан танишиб кетишлари мумкин.


@Abiturentlar_kanaIi
2.1K views17:26
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:25:40 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@Abiturentlar_kanaIi
2.3K views03:25
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:25:53 ​ OTMlarga qabul qilingan oʻquvchilar ulushi boʻyicha reytingi

Yetakchi oʻrinlarda:

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “International house Tashkent" akademik litseyi;
Buxoro davlat universiteti  akademik litseyi;
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi;
  Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi;
I.M.Gubkin nomidagi RDNGU Toshkent shahridagi filiali akademik litseyi.

Soʻnggi oʻrinlarda:

Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi ;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi;
Qarshi davlat universiteti akademik litseyi;
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi;
Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi.

@Abiturentlar_kanaIi
1.3K views14:25
Ochish/sharhlash
2022-09-26 08:31:02
MOTIVATSIYA.YOSHLIKDAGI ORZUINGNI UNUTMA!!!

Ushbu motivatsiya video
YASHNAR BEGIMKULOV youtube kanalidan olindi


Kanalimizdan uzoqlashmang
@Abiturentlar_kanaIi
1.9K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-09-23 12:36:53 Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktab o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonining analogi joriy etilishi mumkin

Keyingi yildan maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini birlashtirish 2023-yildan boshlab amalga oshirilishi mumkin.

Keyingi yil hujjat topshiradigan barcha abituriyentlarni yuborib qo'ying.


Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+sb8gyJ8cW-llZDY6
2.9K views09:36
Ochish/sharhlash
2022-09-23 11:02:24
“Tashkent Index”ga talabalar joylashtirilmoqda.

Toshkentda yotoqxona muammosiga duch kelgan talabalar uchun “Tashkent Index” hududidagi 10 ming o‘rinli bino qayta moslashtirildi. Hozirda talabalar yotoqxonalarga ko‘chishni boshlagan va bu yerda hayot qaynamoqda.

Maʼlum qilinishicha, talabalarning o‘qish grafigidan kelib chiqib, avtobuslar yo‘lga qo‘yilgan. Ular yigit-qizlarni ertalab soat 07:00 dan 08:30 gacha savdo markaziga yaqin metro bekatlariga bepul eltib qo‘yayotgan ekan. Bir oylik ijara to‘lov narxi har bir talaba uchun 200 ming so‘m etib belgilanganibdi.

Shuningdek, yotoqxonada talabalarning xavfsizligi uchun ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari, har bir oliy o‘quv yurtidan navbatchilar jalb qilingan, savdo majmuasining nazoratchilari ham kunu tun xizmat qilayotgan ekan. Soat 22:00 dan keyin talabalar turarjoyi hududidan tashqariga chiqish taqiqlangan.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+sb8gyJ8cW-llZDY6
2.5K views08:02
Ochish/sharhlash
2022-09-22 17:09:51 Ўзбекистон Green Card (DV-2023) ютган давлатлар ичида 3-ўрин бўлди

АҚШда яшаш ва ишлаш ҳуқуқини берувчи виза учун ўтказиладиган Green Card (DV-2023) лотереясининг ғолиблари сони давлатлар кесимида ҳисоблаб чиқилган.

Лотереяни ютганлар сони бўйича Ўзбекистон дунёда 3-ўринни эгаллаган.

Рейтингдаги дастлабки ўнталик қуйидагича кўриниш олган:

Миср — 5 529
Жазоир — 5 526
Ўзбекистон — 5 511
Эрон — 5 506
Россия — 5 505
Судан — 4 863
Марокаш — 4 469
Конго — 4 385
Украина — 3 808
Непал — 3 808
Арманистон — 3 525


https://t.me/+sb8gyJ8cW-llZDY6
2.7K views14:09
Ochish/sharhlash
2022-09-22 06:06:11 Маълумотларга қараганда Профессионал таълим муассасаларида ўқиш истагини билдирган абитуриентлар учун Давлат тест маркази томонидан тест синовлари жорий йилнинг 3-8 октябрь кунлари бўлиб ўтиши режалаштирилмоқда.

https://t.me/+sb8gyJ8cW-llZDY6
2.3K views03:06
Ochish/sharhlash
2022-09-20 19:58:18
Shuni unutmang,talaba - ulug' zot.U har qanday Sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Talabalarga ulashing
https://t.me/+sb8gyJ8cW-llZDY6
2.8K views16:58
Ochish/sharhlash