Get Mystery Box with random crypto!

“Tashkent Index”ga talabalar joylashtirilmoqda. Toshkentda yo | Ak

“Tashkent Index”ga talabalar joylashtirilmoqda.

Toshkentda yotoqxona muammosiga duch kelgan talabalar uchun “Tashkent Index” hududidagi 10 ming o‘rinli bino qayta moslashtirildi. Hozirda talabalar yotoqxonalarga ko‘chishni boshlagan va bu yerda hayot qaynamoqda.

Maʼlum qilinishicha, talabalarning o‘qish grafigidan kelib chiqib, avtobuslar yo‘lga qo‘yilgan. Ular yigit-qizlarni ertalab soat 07:00 dan 08:30 gacha savdo markaziga yaqin metro bekatlariga bepul eltib qo‘yayotgan ekan. Bir oylik ijara to‘lov narxi har bir talaba uchun 200 ming so‘m etib belgilanganibdi.

Shuningdek, yotoqxonada talabalarning xavfsizligi uchun ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari, har bir oliy o‘quv yurtidan navbatchilar jalb qilingan, savdo majmuasining nazoratchilari ham kunu tun xizmat qilayotgan ekan. Soat 22:00 dan keyin talabalar turarjoyi hududidan tashqariga chiqish taqiqlangan.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+sb8gyJ8cW-llZDY6