Get Mystery Box with random crypto!

Chet el va bizdagi investorlarning farqi! • Chet el investorl | Abdusattor

Chet el va bizdagi investorlarning farqi!

• Chet el investorlari bilmagan loyihasiga odatda pul tikishmaydi, mabodo pul tikishadigan loyihasi ular uchun yangi bo'lsa, avvalo shu sohani yaxshilab tadqiqot qilishadi.

• Bizda esa pulini xuddi pulini bankka qo'yib ko'paytirmoqchi bo'lgandek qarashadi loyihalarga. Konservativ investorlar o'zi shunday bo'ladi.

• Chet elda investorlar nima loyiha uchun va nima sababdan investitsiya qilayotganini bilishadi.

• Chet el investorlari sabr qilishni va risk olishni bilishadi. Bizdagilarga qolsa, risksiz pul ko'payaversa, ko'payaversa.

• Chet el investorlarining qaror qilish qobiliyatlari kuchli bo'ladi va loyihaga qachon va qancha finans ajratishni tahlil qila olishadi. Ish yurituvchilar bilan har qanday holatda ham xushmuomalalikka qattiq e'tibor berishadi va kerakli paytda ularni o'rinli tanqid ham qilishadi.

Chet el investorlari deganda saviyali investorlarni nazarda tutdim va odatda chet el investorlari saviyali bo'lishadi

#loyihabubankemas

@abdusattor