Get Mystery Box with random crypto!

Bir reklama bannerini ichida ham sifat, ham mahsulot narxi, ha | Abdusattor

Bir reklama bannerini ichida ham sifat, ham mahsulot narxi, ham raqobatni namoyon qilsa bo'ladimi?

– Nega bo'lmasin?! Ushbu ko'rib turgan reklama banneringizda Colgate "технично" quyidagi uch narsani tiqib olgan:
1. Dushmanlarga qarshi jang. Dushmanlar kim? Ular sigaretalar. Sigareta chekkan insonlarning tishlari o'sha sigaretalarning *keti kabi sap-sariq tusga kirib qolishini ko'rsatmoqda.
2. Sifatni bildirmoqda. Suratning pasta turgan qismidagi oppoqlik esa uning sifatini, ya'ni shu qadar oppoq tishlar taqdim qilishini namoyon qilmoqda.
3. Pasta kichkina ammo sigaretalar kaatta qilinganini sababi, ana shu sigaretalardan ko'rsa arzonroq ekanini anglatmoqda. Siz bunda bir pachka sigareta bilan bir dona Colgate pastasini solishtirmang, balki vaqtni hisobga oling. Bir dona pastani 3 hafta ishlatsangiz, bir pachka sigaretni esa... o'zingiz bilasiz qancha vaqtda chakib tashlashadi ))

Post uchun Colgate'dan reklama olinmagan, xolis, xolis :)

@abdusattor