Get Mystery Box with random crypto!

Vatan! Kimsan? mushfiq onammi- Yo’rgaklagan,ham oq sut bergan, | Keraklilar

Vatan! Kimsan?
mushfiq onammi-
Yo’rgaklagan,ham oq sut bergan,
Qadri baland aziz otammi-
Farzandin deb kun tun tinmagan.

Vatan! Kimsan ?
Jonim onammi-
Mehribonim, qadrdon inson.
G’ururi men bo’lgan otammi-
Jur’atimmi,mustahkam qo’rg’on.

Vatan! Kimsan?
Ilk ustozimmi-
Ilmga ko’p mehr qo’ydirgan.
O’n bir yillik sinfdoshimmi-
Qalbni mehr bilan to’ldirgan.

Vatan! Kimsan?
O’shal ko’chammi-
Bolalikdan har kun changitgan.
Uyimdagi o’sha darchami-
Yomg’irlar-la dardim aritgan.

Vatan! Kimsan?
Sharqshunoslikmi-
Har tong meni o’zga chorlagan.
Muhabbatga to’la yoshlikmi-
Ilm bilan qalbni baxtlagan.

P/s: mana nimaga men vatan mavzusida she’r yozmayman, chunki yozalmayman-da, ilhom kemasa ham majburlab yozsa qiyin Katta bo’lsam, Muhammad Yusuf bo’laman