Get Mystery Box with random crypto!

#myself #xayollarim Odatda insonlarni ikki xil yuzi bo’ladi: | Keraklilar

#myself
#xayollarim

Odatda insonlarni ikki xil yuzi bo’ladi: biri tashqaridagilarga ko’rsatadigan, ikkinchisi ko’nglida olib yuradigan.

Men esa uch xil odamman, bir haftadan beri shuni o’ylab yurgandim, ya’ni ichimda uch xil Xurshida bor-u jismimga qaysi biri egalik qilishni bilmayapturgandek.

Birinchisi o’ta asabiy, begonalarni, ayniqsa o’gil bolalarni umuman nazarga ilmaydigan, jahli chiqsa yaqinlaridan alamini olib qo’yib keyin qattiq afsuslanadigan, odamlarga qo’shilgisi kelmasdan uzoqqa ketishni xohlaydigan...

Ikkinchisi atrofga bolalarcha qaraydigan, kursdoshlarini fikricha hali ham yosh bola bo’lgan, ko’p narsaga farosati yetmaydigan, o’ylamasdan haqiqatni, ko’nglidagi hammasini aytib qo’yadigan, ko’chadagilarning fikriga e’tibor qilmasdan bemalol yuradigan, xohlagan qiliqlarini qiladigan, (shu sababli yaqinlarini uyatga qo’yadigan ), agar qiziqish o’lsa hech nimani xohlamay qoladigan...

Uchinchisi atrofga iloji boricha islom nuqtayi nazaridan qarashga iltiladigan, oddiygina arzimas narsaga ham tez xafa bo’ladigan, kursdoshlari uni esi yo’q deb o’ylashlaridan, oila-yu ustozlar, ayniqsa arab tili ustozining bildirgan ishonchini yo’qotishdan qo’rqadigan, ko’chada mayusgina o’ylanib yuradigan, she’r yozaman deganida ilhomi kelmasa ham, vazifalarga ulgurmay qolsa ham, yangi mavzuni tushunmay qolsa ham o’z-o’zidan yig’lab yuboradigan, iloji boricha hech kimni xafa qilmaslikka intiladigan...

Shunchaki jismimga hammasi egalik qilishni xohlaydi, shuning uchun o’ta o’zgaruvchanman dengizga o’xshab, qaysidir vaqt sokin oqadigan, ovozi mayin, vaqti kelsa to’lqinlar bilan kishini jalb qiladigan, vaqti kelsa dovul ko’tarilib hech kimni o’ziga yaqinlashtirgisi kelmaydigan...