Get Mystery Box with random crypto!

Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ

Telegram kanalining logotibi abduqodir_yusupov — Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ A
Telegram kanalining logotibi abduqodir_yusupov — Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ
Kanal manzili: @abduqodir_yusupov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.96K
Kanalning ta’rifi

Har bir yutuq - sinash qarori bilan boshlanadi.
Bosh admin: @abduqodir_yusupov_cps
Instagram: Instagram.com/abduqodir_yusupov_cps
#shaxsiy_blog #mativator_emasman

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-10 07:00:18 Nochorlik

Ruhiyatdagi nochorlik moddiyatdagidan og‘irroq.

Ruhiy nochor odam o‘zini boridan ortiq qilib ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu bilan o‘zini o‘zi ovutmoqchi bo‘lib, boshqalar uchun harakat qiladi.

Aslida bu o‘z erkinligini cheklashdir.

1. Bunday insonlar atrofimizda ko‘p. Puli yetmasa ham chiranib, eng so‘nggi "iPhone" sotib olayotgan do‘sting.

2. 1 kunlik dabdabali to‘y qilib, odamlarni lol qoldirish uchun yillab chet elda qiynalib og‘ir mehnat qilayotgan qo‘shning.

3. Ozgina daromadi oshib o‘zini boshqalardan ustun tuta boshlagan tanishing.

4. Yoki har bir xurandchiligini ijtimoiy tarmoqda ha deb ko'z-ko'z qiladigan odamlar.

5. Ruhiy kuchli va nochor insonning farqi — kuchli inson o‘zini kuchli ekanligini ko‘rsatishga urinmaydi.

6. O‘z darajasini normal qabul qilib, havolanib ketmaydi, o‘ziga past baho berib, ko‘proq harakat qiladi.

Misollar ko‘p, lekin mantiq bitta, ular o‘zlarini qalban nochor his qilib, buning yechimini moddiyatdan axtaradilar. Ammo yechim ichki xotirjamlikda, bunga yo‘l esa ilmdadir.

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov
3.7K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-05-06 07:00:16
Uylanishga shoshilmang.

Uylanish bozordan biror buyum olish emas, ham diniy ham jismoniy, ham ma'naviy, ham moliyaviy tayyor bo'lsangiz keyin uylaning!

Yaxshi ko'rgan qizim tegib ketyabdi deyishdan oldin, to'yimdan keyin qarz so'rab yurmaymanmi, bo'lajak ayolimni qiynamaymanmi deb o'ylash kerak!

20 yil bir hovlida katta bo'lgan qiz sizga ishonib mana shu oilaga keladi siz tayyormisiz uni extiyot qilishga kamu ko'stini ta'minlab berishga tayyormisiz!

Yoshiz o'tayabdi uylanmaysizmi deb qo'yishadi. Men diniy tomondan ham nikoh qoidalarini va amallarini o'rganay, onam va bo'lajak ayolimni to'la to'kis ta'minlay olay, oila tushunchasini to'liq anglab olay keyin uylansam yarashadi.

Pozitsiyam doim shundayligicha qoladi va shunga yarasha qiz nasib qiladi degan umiddaman! Bu uchun hozirdan o'zimni tayyorlashim ham zarur!

PS: Men statistikani odamiman, kim nima desa o'sha tomonga qarab ketishni qo'y ham yaxshi uddalaydi.

#shoshilmang

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov
3.5K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-05-02 14:56:51 Qishning bir kuni yozning 3 kuniga teng!

Yozning kuni uzun, tuni qisqa bo'lgani sabab yozning 1 kuni qishning 3 kuniga teng deb aytishadi.

1. Biroq men doim qishning bir kuni yozning 3 kuniga teng der edim, chunki qishda bir kunda o'rgangan narsamni yozda 2-3 kunda o'rganar edim.

2. Qishda o‘rganish oson, toza havo. Yozda issiq, bosh tez og‘riydi. Lekin qishdagidan ham ko‘ra samaraliroq, har qanday ish uchun barakali vaqt bor ekan. Bu Ramazon oyi.

3. Ramazonda inson ro‘za holatida, nafsini tiyib gunohlardan uzoqlashgan sari, uni o‘qib o‘rganishi ancha osonlashadi.

4. Qon aylanishi meyorlashib, diqqat qilishi yaxshilanadi. Intizom shakllanadi, oddiy kitob o‘qishdan ham miyyamiz yuqori "dofamin" ola boshlaydi.

5. Kattalar ochlik vaqti miyya yaxshi ishlaydi, to‘q bo‘lganda tana dangasalik qilib uyqing keladi deyishari bejiz emas.

6. Ramazon oyi bizni sog‘intrib yana bizni tark etyapti, lekin bu oydagi o‘zimizda shakllantrishga ulgurgan odatlarimizni har qachon hayotimizda tadbiq qilsak arziydi.

Hammangizni Hayit ayyomi bilan tabriklayman do‘stlar, Alloh qilgan gunohlarimizni kechirib, ibodatlarimizni qabul qilgan bo‘lsin. Amin

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov
3.3K viewsedited  11:56
Ochish/sharhlash
2022-05-01 07:01:07
#sizga_tegishli

Kanal yoki blog yuriting!

Shaxsiy tajribamdan shuni angladimki, kopirayter boʻlish uchun doimiy mashgʻulot qilish, har bir yozilgan matnni tahlil qilish katta yordam beradi. Bu uchun eng oson yoʻl — Telegramda kanal ochib, uni yuritish.

Agarda siz ham shunday qilmoqchi boʻlsangiz, quyidagi tavsiyalarimni diqqat bilan oʻqing:

1. Obunachilar soni siz uchun muhim boʻlmasin. Adminda 200 tagacha obunachi qoʻshish imkoniyati boʻladi. Siz shu imkoniyatdan maksimal foydalaning.

2. Matnlarni oʻz qoʻlingiz bilan, ijod qilib yozing.

3. Har bir postni tahlil qiling. Koʻrishlar soni, ulashishlar soni, izohlar, layklar – hammasini inobatga oling.

4. Istagancha tajriba oʻtkazib koʻring. Matnlarni kayfiyati, tuzilishi, hajmi boʻyicha turli xil postlar chiqaring.

5. Boshqa kanallarni, bloglarni kuzating.

PS: Kanalimning aziz obunachilarini Arafa kuni bilan chin dildan qutlayman. Keyingi yilgi Ramazon oyiga ham Allohim yetkazsin. Amin

Abduqodir Yusupov fikri:
@abduqodir_yusupov
3.2K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2022-04-26 21:13:43 Sabr ila yashashning mukofoti

1. Kutishni bilgan insonga har narsa o'z vaqtida keladi.

2. Musibat, g'am - tashvish, muammolarning barcha - barchasi o'tadi, ketadi. Hech qachon noumid bo'lma.

3. Bugungi kuning uchun shukr qildingmi ? Javobing yo'q, bo'lsa, hali vaqting bor.

4. Har bir ishingni o'ylab qil, chunki ularga javob berish vaqti bir kun aniq keladi.

5. Har ishning o'z vaqtida bo'lgani yaxshi, kechikishga o'rganma.

6. Yashayotgan har kuning befoyda o'tmasin, 100 yilni befoyda ishlar bilan o'tkazgandan 20 yilni foydali ishlarga sarflash samaraliroq.

7. Taqdiringda yozilganidan qochib qutulolmaysan, muhimi hayotdan nolima, noshukr bo'lma.

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov
3.4K viewsedited  18:13
Ochish/sharhlash
2022-04-23 07:01:14 Eng muhim ko’nikma

Bu tahlil qila olish.

Tahlil qiladigan odamga ish buyurilsa — bu ishdan maqsad nimaligini, nega unga buyurilganini, qilmasa nima bo’lishini o’zi tushunib oladi. Natijada ishni yaxshiroq bajaradi.

Tahlil qiladigan odam biron nima eshitsa ishonib ketavermaydi. O’zi bilganlari va boshqa manbaalar bilan solishtirib ko’radi. Natijada oson aldanmaydi.

Tahlil qiladigan odamga ozgina ma’lumot yetadi. Qolganini o’shandan chiqarib olaveradi. Oqibatda to’g’ri qarorlari ko’payadi.

To’g’ri qarorlar + Oson aldanmaslik + Ishni yaxshi bajarish = Shaxs sifatida rivojlanishga, daromadning o’sishiga olib keladi.

Daromad o’sishi bo’sh vaqt ko’payishiga, bo’sh vaqt ko’payishi tahlil uchun yanada ko’proq vaqt qolishiga sabab bo’ladi. Natijada bunday odam tengdoshlaridan karrasiga o’tib ketishni boshlaydi.

Tengdoshlar esa hayron. “Вроде bir xil ishlayapmiz lekin bu bolani eplab bo’lmayapti)” deyishadi.

Tahliliy fikrlashni o’rganish uchun quyidagi oddiy ishlarni 3 yil davomida qilib borish yetarli:

1. Kuniga kamida 25 bet kitob o’qish
2. “Nega?” degan savolni doim berishni o’rganish
3. Kuniga 20 daqiqa tafakkur qilish
4. Tahlilga majburlaydigan o’yinlar o’ynash: Sudoku, shaxmat, nonogram

Eng qizig’i bu qobiliyat shunday narsaki — Tahlilsiz odam buni naqadar muhimligini tushunmaydi. Tahliliy odam esa busiz qanday yashaganini tushunmaydi.

Abduqodir Yusupov
@abduqodir_yusupov
3.0K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2022-04-22 07:01:23 Nega bo‘ysunishi kerak?

O‘rta va top menejer, rahbarlardan ko‘p eshitadigan gapim "xodimlar bo‘ysunishmayapti".

Do‘ppini bir chetga qo‘yib, yaxshilab o‘ylab, teskari savol berib ko‘raylik: "Nega o‘zi bo‘ysunishi kerak?" Biz esimizni tanibmiz-ki, rahbarlarga xodimlar bo‘ysunishini tabiiy va hayot qonunidek qabul qilib kelganmiz, lekin bunda qanday mantiq bor? Yakka hokimlikka asoslanmagan boshqaruvda qanday bo‘lishi kerak?

Nega xodim menejerining aytganini qilmaydi?

1. Ishxonada eng bekorchi odam bu top menejer va biznesmen. Ular bir kun ishga kelmasa ham hech nima o‘zgarmaydi. Aniq bir tayinli vazifa bajarishmaydi ham, lekin hammadan ko‘p daromad topishadi, nega?

2. Rahbarlar hech kim ko‘tara olmaydigan masʼuliyatni olishadi — bu qaror qabul qilish. Ishda biror muammo chiqsa boshlig‘imiz yo‘q bo‘lsa ham telefon qilib yechim so‘raymiz, javobgarlikdan qo‘rqib, biz uchun masʼuliyatni olishlarini istaymiz.

3. Ishda har qanday xodim muammoga duch keladi, demak, to‘g‘ri qaror kerak, to‘g‘ri qaror esa rahbarda. Shunday ekan har qanday ishchini rahbarga ehtiyoji bor, ammo qanday rahbarga? Bilimli rahbarga!

4. Aqlli xodimga doim javob kerak, u qilayotgan ishini nima uchun qilayotganini tushunishni xohlaydi, bu rahbar tomonidan “nega” degan savolga javob talab qiladi. Bilimsiz boshliq esa tushuntirib bera olmaydi, shu sabab ular aqlli ishchilarni yoqtirishmaydi.

5. To‘g‘ri yechim bera oladigan rahbar bo‘lishni birdan bir yo‘li — bilimli lider bo‘lish. Bilimsiz liderga odamlarning ehtiyoji yo‘q, undan ko‘ra ishchilar o‘zi yaxshi yechim bera oladi. Ehtiyoji bo‘lmagan boshliqqa hech kim bo‘ysunishni istamaydi.

6. Ishxonalarda muammo xodimlar ishini tushunmaydigan menejerlar ularga nima qilishni buyurishida, o‘zlarini o‘qimishli, lavozimi baland hisoblab, quyi xodimlar bilan gaplashishni, ularni eshitishni xohlashmaydi. Vaholanki, oddiy ishchilar ulardan ko‘ra ishni yaxshiroq tushunadilar.

7. Demak, rahbar uchun eng muhim "skill" — bu to‘g‘ri qaror qabul qila olish. To‘g‘ri qaror esa kamtarlik, chuqur bilim, xodimlarni eshita olish, doimiy o‘rganishdan kelib chiqadi.

Agar siz lavozim oshganda o‘zgartirish qilishni, vakolat berilganda hammani bo‘ysundirishni o‘ylasangiz, adashasiz. Siz xohlagan narsa berilsa ham natija qila olmaysiz. Lavozimingiz sabab qaysidir xodimlar sizga bo‘ysunar, ammo aqlli xodim kursingiz uchun sizni hurmat qilmaydi!

Abduqodir Yusupov fikri:
@abduqodir_yusupov
1.6K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2022-04-22 07:01:01
Musulmon bandalaringa o'zing yordam ber. Yahud qavmiga o'zing kifoya qil Allohim. Amin...!

#isroil #falastin #masjidul_aqso #iordaniya #yahud

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov
1.1K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2022-04-21 07:00:17
Kechira olsang, kechir meni Falastinim.

Qardosh bo'lib yoningda turolmadim,
Mazlum bo'lding, mening vayron dilim.
Yahudiylar zulm qilsa borolmadim,
Kechira olsang, kechir meni Falastinim.

Sen jon saqlash, men esa ovqat g'ami,
Noliyverdim, to'lmadi ro'zg'or g'ami.
Men uxladim, sen esa yahud qavmi,
Kechira olsang, kechir meni Falastinim.

Farzandlaring din uchun qon to'kkan dam,
Mo'min bo'la turib berolmadim senga yordam.
Ba'zan hatto yaramadim duoga ham,
Kechira olsang kechir meni Falastinim.

Najot ila tutma yo'lga ko'zlaringni,
Artolmayman qonga botgan yuzlaringni.
Kutma bizdek tarqoq bo'lgan do'stlaringni,
Kechira olsang kechir meni Falastinim.

Ojizligim uchun alam tutmoqdaman,
Sendek men ham Maxshar kunin kutmoqdaman.
Ko'z yosh ila ushbu she'rni bitmoqdaman,
Kechira olsang kechir meni Falastinim.

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov
1.2K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2022-04-20 07:01:44
Sukunat va vaqt

Barcha narsaga davo bu vaqtdir deyishadi. Hikmatni anglash uchun ham vaqt kerak.

Haqiqat shundaki, sinovlar ko'p o'ylash orqali xal qilinmaydi. Aksincha, kamroq qayg'urish kerak.

Ko'p savollarga javobni vaqti kelib sukunatdan olasiz.

Muammoni hal qilib bo'lmasa unga ortiqcha vaqt ketkazmang.

Abduqodir Yusupov blogi.
@abduqodir_yusupov
1.2K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash