Get Mystery Box with random crypto!

Nochorlik Ruhiyatdagi nochorlik moddiyatdagidan og‘irroq. Ru | Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ

Nochorlik

Ruhiyatdagi nochorlik moddiyatdagidan og‘irroq.

Ruhiy nochor odam o‘zini boridan ortiq qilib ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu bilan o‘zini o‘zi ovutmoqchi bo‘lib, boshqalar uchun harakat qiladi.

Aslida bu o‘z erkinligini cheklashdir.

1. Bunday insonlar atrofimizda ko‘p. Puli yetmasa ham chiranib, eng so‘nggi "iPhone" sotib olayotgan do‘sting.

2. 1 kunlik dabdabali to‘y qilib, odamlarni lol qoldirish uchun yillab chet elda qiynalib og‘ir mehnat qilayotgan qo‘shning.

3. Ozgina daromadi oshib o‘zini boshqalardan ustun tuta boshlagan tanishing.

4. Yoki har bir xurandchiligini ijtimoiy tarmoqda ha deb ko'z-ko'z qiladigan odamlar.

5. Ruhiy kuchli va nochor insonning farqi — kuchli inson o‘zini kuchli ekanligini ko‘rsatishga urinmaydi.

6. O‘z darajasini normal qabul qilib, havolanib ketmaydi, o‘ziga past baho berib, ko‘proq harakat qiladi.

Misollar ko‘p, lekin mantiq bitta, ular o‘zlarini qalban nochor his qilib, buning yechimini moddiyatdan axtaradilar. Ammo yechim ichki xotirjamlikda, bunga yo‘l esa ilmdadir.

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov