Get Mystery Box with random crypto!

#blog_post Qisqacha qilib aytaman... ''Nega meni hayotim bun | Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ

#blog_post

Qisqacha qilib aytaman...

''Nega meni hayotim bunday?" deb so'raganlarga...

Meni ustozim ko'p takrorlaydi "3-narsada gap ko'p deb". Ya'ni mana shu 3-narsa sizni hayotingizni o'zgartira oladi va kerak bo'lsa taqdiringizni.

1 Maqsad. - maqsad qo'yishda, ya'ni maqsadni shunday qo'ying-ki siz inson ekanligingizni unutmang. Ming zo'r maqsad qo'yib unga erishgan taqdiringizda ham boradigan joyimiz 2-metrlik joy. Shuning uchun qo'ygan maqsadingiz ota-onangizni rozi qilish bo'lsa, Allohga eng suyukli banda bo'lasiz.

2 Istig'for. - Hayotiz ma'nosiz va g'urbatda o'tishiga aynan istig'forni ko'paytirmasligingiz yoki aytmasligingiz sabab. Istig'for va Salovotda gap ko'p.

3 Duo. - Har kun ertalab Bamdod namozidan oldin Allohga duo qiling. Ota-ona va ustozlardan duo oling. Ota-ona duosi bu dunyoni saodatini bersa, ustozlarni duosi - Allohni huzurida yuzingizni yorug' qiladi. Ikkalasining duosi ikki dunyo saodatini beradi. Duo qiling yutkazmaysiz.

Mana shu 3-narsani (Maqsad, istig'for, ota-ona va ustozlarni duosi) hayotizga tatbiq qiling va Allohga taqvo qiling, hayotizga mazmun, va eng muhimi dunyo mohiyatini tushunib yetasiz.

Shu narsani unutmang harakat qilyapsizmi tartib bilan va aniq strategiya bilan harakat qiling. Rejali ish tuting.

PS: Siz ham o'zingizni hayotingizni rejaga soling, ana shunda menga o'xshab soat taqib yurishni kanda qilmaysiz.

Ho'sh, bir savol: Oxirigacha o'qingizmi...?

Abduqodir Yusupov fikri:
@hayotiy_galaba