Get Mystery Box with random crypto!

O'qimasdan o'rganish. O'rganishni hamma xohlaydi, lekin hamma | Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ

O'qimasdan o'rganish.

O'rganishni hamma xohlaydi, lekin hamma ham o'qib ketavermaydi, chunki o'qish qiyin. Ammo o'rganish faqat kitob o'qish, kurs ko'rish, darslarga borish bilan chegaralanmaydi.
Mantiq bilimga ega bo'lishda.

Bilim olishning 3 asosiy usuli bor.
1. Kitob o'qish.
2. Kurslarga qatnash.
3. Professor bilan suhbatlashish.


1. Professor bilan gaplashish deganda umuman sohasini ustasi nazarda tutilgan. O'z sohasini zo'r biladiganlar, eng sodda qilib tushuntra oladiganlar bo'ladi.

2. Agar siz o'z sohangizda o'smoqchi bo'lsangiz, kitoblar va kurslar kamlik qiladi, amaliy tajribaga ega master bilan hech bo'lmasa oyda bir uchrashib turing.

3. Agar unday insonlarni vaqti kam, ko'rishib gaplashish qiyin bo'lsa sizdan bir qadam oldindagi do'stingiz ham bo'laveradi.

4. Inson bir soat o'z sohasini ustasi bilan gaplashib, to'g'ri savol berish orqali undagi bilimni yarmidan ko'pini egallash mumkin.

5. Eng muhim nuqtasi to'g'ri savol bera olish. Oxirgi vaqt o'zimda shakllantrayotgan va o'zimga juda yoqayotgan odat ham to'g'ri va o'rinli savol berish bo'lyapti, savol berish haqida ham keyinroq yozamiz ;)

6. Demak nima qilish kerak? O'zingiz qiziqqan soha(lar)da, o'zingizdan bilimli, doimiy o'rganishdagi inson topib, vaqti vaqti bilan ko'rishib turasiz. Bu energiya ham beradi.

Vaqt juda oz va qadrli, hamma narsani o'rganishga hatto umrimiz ham yetmaydi, siz 6 oy o'qigan kitobni kimdir 60 daqiqada gapirib berishi mumkin.

Abduqodir Yusupov blog:
@abduqodir_yusupov