Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsion axborotni oʻzingiz uchun doimiy axborotga aylantir | Abduqodir Yusupov ᵇˡᵒᵍ

Motivatsion axborotni oʻzingiz uchun doimiy axborotga aylantirmang!

Xitoyliklar yoki hindlar yoshliklaridanoq achchiq taomlar yeb oʻrganishgan va biz ayni damda hattoki tatib koʻrish imkonsiz deb hisoblagan taomlarni ular "kiprik qoqmasdan" tanavvul qilishadi.

Motivatsiya ham xuddi shunday. Siz qanchalik koʻp shunday axborot qabul qilsangiz, u siz uchun doimiy axborotga aylanadi, sizni "oʻrningizdan qimirlata olmaydigan" odatiy yangilikka aylanadi.

Siz motivatsiyadan shunday foydalaning-ki, uni qabul qilganingizdan soʻng, oʻsha vaqtning oʻzida maqsadingiz yoʻnalishida bir qadam tashlashni odat qiling. Faqat qadam aynan shu vaqtda tashlanishi juda muhim.

Oʻzingizni oʻzingiz harakatlantiring. Har bir qadamingizdan, har bir yutugʻingizdan motivatsiya oling.

Abduqodir Yusupov fikri:
@abduqodir_yusupov