Get Mystery Box with random crypto!

#shunaqa Erkakni beqarorlik yo'q qiladi! Ustozim shu gapni | Abdulloh (아부)

#shunaqa

Erkakni beqarorlik yo'q qiladi!

Ustozim shu gapni ko'p takrorlaydi.Amal qilganim sari haqiqatligini sezyapman.

Ayrimlarga naqadar kerak mana shu xislat.Buni qilsam unday bo'lsachi,uni qilsam bunday bo'lsachi deb yuraveradi.Oxiri hech qaysisini qilmay qo'yaveradi.

Baribir kelajakni oldindan ko'rolmaysiz, harom ish bo'lmasa Allohga tavakkul qilib qilaverish kerak,tamom.O'ylamasdan qilish degani emas bu.

Bo'lmasa taxminlar bilan o'ralashib o'tiraverasiz.Biz natijasiga emas, harakatiga javobgarmiz.Shunday qilsam nima bo'ladi? Allohni aytgani bo'ladi.

Arzimagan narsalar haqida qaror chiqarishda ham o'ylayverib-o'ylayverib yuraverish xor qiladi erkakni.Mashinasiga qanaqa raqam olishni o'ylaydimi-ye ancha vaqt.G'alati.

Zamon talabi ham shu.To'g'ri qarorlarni maximal tez qabul qilish.Dunyoviy narsalar haqida tezda qaror chiqarib, oxiratni uzoq o'ylang.Vaqtni копеека qilmang.

Abdulloh Rasuljanov

P/s: Nike bekorga aytmagan ,,Just do it" deb)

@abdullokh_rasuljanov