Get Mystery Box with random crypto!

Abdulloh Shamsutdinov

Telegram kanalining logotibi abdulloh_shamsiddin — Abdulloh Shamsutdinov A
Telegram kanalining logotibi abdulloh_shamsiddin — Abdulloh Shamsutdinov
Kanal manzili: @abdulloh_shamsiddin
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.00K
Kanalning ta’rifi

Qayerdan? Qayerda? Qayerga?

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-04-25 21:20:01 Ikkinchi darajali fikrlash nima?

Deyarli har bir kishi o’z harakatlarining bevosita natijalarini oldindan bilishi mumkin. O’ziga biriktirilgan ishni vaqtida bajarmagan xodim rahbarining achchiqlanishini, imtihonga yetarlicha tayyorgaliksiz kelgan talaba o’qishga kirolmasligini, uyga kech qaytsa ota-onasidan dakki eshitishni bilgan o’smir bunga misol.

Yuoqoridagilarni birinchi darajali fikrlash deyiladi. Bunday fikrlash oson va xavfsiz, ya’ni, ko’p o’ylash, oqibatlarni tahlil qilishga xojat yo’q, shunchaki, uning salbiy tomoni aksar insonlar kabi yoqimsiz natijalarga “erishamiz”.

kkinchi darajali fikrlash - bu uzoqni o’ylash va yaxlit - o’zaro bog’liqliklarni hisobga olgan holda bir butun fikrlashni anglatadi. Bu turdagi fikrlashning asosida harakatlarimizning qisqa vaqtdagi ta’siri va natijasidan tashqari, uning keyingi oqibatlari o’ylanadi va tahlil qilinadi.

Vazifani kechiktirib bajarayotgan xodim rahbari undan g’azablanishini o’ylash bilan chegaralanmaydi, balki, boshqa muhimroq mas’uliyatlarni keyinchalik unga topshirilmasligi mumkinligi haqida, unga nisbatan ichonch yo’qolib borishi borasida ham fikr yuritadi


https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.5K viewsedited  18:20
Ochish/sharhlash
2022-04-21 21:16:00 Yaxshi xodim nega jamoadan ketadi?

Bilim va tajriba asosida shakllangan baʼzi ishonchlarim bilan bo'lishmoqchiman. Mutaxassislikda ma'lum darajaga yetilganidan so’ng ish tanlashda pul birlamchi mezonlikdan tushadi.

1. Rahbar sabab

- xodimlar kompaniyalarga turli maqsadlarda ishga kirishadi. Masalan, baʼzilar yaxshi daromad qilishni koʻzlab ish tanlaydi, boshqa bir guruh insonlar esa biznes maqsadi ularning hayot yoʻllariga yaqin boʻlgani tufayli tanlov qiladi, yana kimlardir tashkilot lideriga boʻlgan havasi, hurmati yuzasidan ular bilan birga boʻladi.

- yuqorida sanalganlardan birining kompaniyada borligi xodimni jamoada ushlab turishga yetadi, qachonki, rahbar oʻsha xodimga qaygʻursa, qoʻllab quvvatlasa va albatta oʻzi shaxs sifatida har doim rivojlanishda boʻlsa. Rahbar oʻsishdan toʻxtashi uni qoʻl ostidagilar oldida zerikarli shaxs boʻlib borishiga sabab boʻladi. Xato qarorlari koʻpayadi. Obroʻsi tushadi.

- kitob oʻqimaydigan, turli kurslarga bormaydigan, fikrlamaydigan, oʻz xatolaridan xulosa qilmaydigan, faqat oʻzini haq, deb bilib boshqalarni eshitmaydigan shaxslarning rahbarligi ostida aqlli kishilar toʻplanmaydi, toʻplansa ham juda uzoq qolmaydi. Boshqa imkoniyat boʻlishi bilan ketishadi.


2. Rahbarlar sabab

- yirik yoki kengayishdagi korxonalarda uchraydigan xatolardan tashkilotda bir necha boshliqlar boʻlishi va ularning barcha ishga “burun suqishi” boʻlsa kerak. Oʻylashimcha, bu ham bilimsizlikdan kelib chiqadi. Avval shunday ishlangan, qarorlar shunday qabul qilingan, hozir ham boʻlaveradi, oʻxshaydi, deb fikrlashsa ajablanmayman. Chunki, yangi bilim olinmagan.

- biznes kichikligida yoki startap sifatida faoliyat yuritayotganda qarorlarni tez qabul qilish, hamma qoʻlidan kelgancha boshqalar ishiga yordamlashishi normal va zaruriy holat. Ammo, korxona kattalashganda bu usul biznesga ziyon keltiradi, xodimlar kayfiyatiga salbiy taʼsir qiladi. Xech kim bir necha kishiga hisobdor bo'lishni, ularning qosh-qovog'iga qarashni yoqtirmaydi.

- tashabbuskor xodimlar biror yangilik qilish jarayonida “Bu rahbarga qanday tushuntirsam ekan, bunisiga yoqarmikan” singari mantiqsiz toʻsiqlarga uchrashni boshlaydi. Qani endi barcha boshliqlar siz taklif qilayotgan yoki qaygʻurayotgan narsani toʻliq tushunsa, ammo, amalda unday emas, ular oʻz sohalari chegarasida fikrlab sohalari boʻlmagan mavzuda qaror qilishadi, afsus.


3. Boshqaruv modeli sabab

- Bu haqida boshqa postda yozarmiz, ehtimol.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.4K viewsedited  18:16
Ochish/sharhlash
2022-04-15 19:27:33 “Ey do’stlar!

O’lim qutilish-yechim bo’lganida biz siz yaqinlarimizni yashab qiynalishlaringizga ko’nmas edik…

Dunyo imtihonlarini qayta topshirish mumkin, hayot imtihoni esa bir marotaba beriladi. Savollar turli darajada qiyin, javobi esa oxirgi nuqtada (o’limda) aytiladi…

Biz ojizmiz, hatto bizga berilgan dunyodagi mashaqqatlarni arang yengan holimizda U cheksiz hayot hisobida sizga qanday ko’mak bo’lolamiz?!

… bizni yig’latadigan, qiynaydigan siz azizlarning o’limi emas, Haq sizdan, siz Undan norizo bo’lib dunyoni tark etishingizdir.”

“Biz buni yashadik” turkumidan

https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.3K viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2022-04-13 22:05:57 Nafsimga o’gitlar Sendan har doim yaxshisi ham yomoni ham topiladi, o’zingni siljimas ustun deb bilma! Aqlli ekanliging har doim ham kerakli, foydali shaxssan degani emas. Olim* iblis hadsizlik sabab shayton bo’lgan, haddingni bil! Atrofinga qara, fikr…
1.3K viewsedited  19:05
Ochish/sharhlash
2022-04-13 18:20:16 Nafsimga o’gitlar

Sendan har doim yaxshisi ham yomoni ham topiladi, o’zingni siljimas ustun deb bilma!

Aqlli ekanliging har doim ham kerakli, foydali shaxssan degani emas. Olim* iblis hadsizlik sabab shayton bo’lgan, haddingni bil!

Atrofinga qara, fikr qil, berilgan imkoniyat, kenglik senga kibrlanish uchun berilmadi, xolis xizmat da’voyingda sodiq bo’l!

Sen kabi oddiy insonlarning olqishi xursandchilik alomati emas, qiyomatda seni nima deb chaqirishlari asl kimligingni belgilaydi, hokisor bo’l!

Ramazon… Alloh seni shaytondan asradi, ammo, o’z nafsing bilan yolg’iz qoldirdi, endi ahvolinga qara, avval o’zinga achin…


https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.2K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2022-03-22 17:23:08 Sevishga arzigulik eng sodda mahsulot

Bugun, MLP (Minimal Loveble Product) - Sevishga arzigulik eng sodda mahsulot (SAESM) haqida gaplashamiz

Iste’molga yaroqli eng sodda mahsulotingizni (IYESM) muvaffaqiyatli sinadingiz, odamlarga haqiqatda siz taklif qilmoqchi bo’lgan mahsulot / xizmat / platforma kerak ekan. Xo’sh, endi nima qilish kerak?

Sodda, lekin, ajoyib

- Dastlab, siz potensial mijozlaringizning real og’riqlarini yechishgagina qaratilgan funksiyalar ro’yxatini shakllantirasiz. Bu bosqichda, qo’shimcha qulaylik, imkoniyat beruvchi ikkilamchi xususiyatlarga e’tibor bermaslik lozim.

- Birlamchi funksiyalar foydalanuvchining fundamental muammolarini yechishga qaratiladi. Masalan, Telegramning 1.0 versiyasidan foydalangan bo’lsangiz hozirgi qulayliklarning deyarli o’ndan biri ham mavjud bo’lmagan. Ammo, asos muammoga, ya’ni, insonlarning o’zaro ma’lumot almashish va onlayn muloqot qilish qiyinchiliklariga yechim taklif qilgan.

- Dexqoncha tushuntirganda, dasturingizda yuzlab funksiya va xususiyatlar bo’lishini niyat qilish yaxshi, lekin, eng avval amalda odamlarning 80-90% og’riqlarini yo’qotishga yoki ularni yengillashtirshga xizmat qiladigan 2 yoki 3 funksiya haqida qayg’urish kerak. Manashu SAESM deyiladi.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.6K viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2022-03-21 17:47:24 Qanday qilib IT sohasida startup boshlash kerak?

1. Faraz qilgan ko’plab biznes g’oyalarimiz voqelikda ishlamasligi mumkin. Buni tezroq va arzonroq sinashning usuli bor, buni ingliz tilida MVP (Minimal Viable Product) deyiladi.

2. O’zbek tilida esa Iste’molga yaroqli eng sodda mahsulot (IYEM) deb tarjima qilsak bo’ladi. IYEM - bu siz taklif qilayotgan mahsulotning birinchi ko’rinishi emas (1.0), balki, siz faraz qilgan biznes g’oyangiz ishlash yoki ishlamasligini tekshirish vositasi-qurilmasi hisoblanadi.

3. Masalan, Express24 kabi yetkazib berish xizmatlarini kichikroq bir guruhga, deylik, talabalar uchun taklif qilmoqchi bo’lgan startapning IYEM’i mobil dastur yoki murakkab veb-sayt bo’lmasligi lozim.

4. Bu g’oyaning IYEMi telegramda bir kanal ochib, u yerda taklif qilinayotgan xizmatlarni, masalan, “Onlayn arzon ovqat xizmatini” talabalar guruhlariga yuborish va buyurtma bo’lgan taqdirda uni “Ruchnoy” qabul qilish va yetkazib berishdan boshlash kerak.

5. Xullas, g’oya ishlashining belgisi odamlar sizning xizmatingizga pul to’lashni, boshqalarga ulashishni yoki tavsiya qilishni boshlashlari lozim. Buni amalda ko’rmaguningizcha falon pulga veb sayt yoki mobil ilova tayyorlashga kirishmagan ma’qul, vaqt isrof bo’ladi.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.2K viewsedited  14:47
Ochish/sharhlash
2022-03-16 04:38:17 Mavjud biznesni rivojlantirish, Amazon misolida.

2 kun avval “Product Management Sacred Seven” nomli kitobni o’qishni boshladim. Kitobdan olgan ba’zi yangi ma’lumotlarimdan biri:

Netflix kompaniyasi bosh product menejeri Bidl mavjud bizneslar uchun takrorlash qiyin bo’lgan mahsulot-xizmat yaratish borasida quyidagi 8 ta tavsiyani beradi.

1. Kuchli brend
- Amazon kompaniyasi o’zining keng turdagi mahsulotlar taklifi, arzon narxlar va foydalanishga qulayligi sababidan hozirgi kunda Amerikaning eng oldi brendlaridan biri hisoblanadi;
- brend qurish qisqa muddatli ish emas, balki, buni bajarishga yillar ketadi. Bu borada marketing kitoblarida o’qish mumkin, masalan, Kotlerning Principles of Marketing.

2. Network ta’siri
- Amazon xaridorlar va sotuvchilarning aksari tashrif buyuradigan eng birinchi joylardan biri. Qancha ko’p mijoz bo’lsa, shuncha ko’p sotuvchi qiziqadi. Sotuvchilar ko’pligi tanlov va narx borasida kompaniyaga yanada ustunlik beradi.
- ya’ni, ta’minotchilarni ko’paytirish, ularni ishonchiga kirish kerak.

3. Kengayuvchi iqtisodiy yondashuv
- Amazon Prime Trucks - yetkazib berish xizmati singari moddiy infrastrukturlarni shakllantirish katta xarajat va uzoq vaqt talab qiladi. O’z navbatida, kompaniya bu orqali yetkazib berish xarajatlarini boshqa raqobatchilar kabi Fedex yoki UPS kompaniyalariga bog’lab qo’ymaydi, erkin va arzonroq xizmat ko’rsatoladi.
- mijozlar bilan aloqaning istalgan jarayonini korxona yakunda o’zi qurishi lozim (Aloqa markazi, yetkazib berish va hk). Hech kim sizni mijozingizga siz kabi qayg’urolmaydi, qolaversa, xarajat jihatidan ham arzon bo’ladi, uzoq muddatda.

4. Noyob taklif
- Amazon Prime xizmatidan foydalanuvchi mijozlarga kompaniya buyurtmalarni bepul, ikki kun ichida yetkazib berish xizmatini taqdim qiladi. Bu kabi taklifni berish uchun Walmart ancha qiynaladi.
- biznes o’z mijozlariga qo’shimcha xizmatlar taklif qilishi lozim, ularni hayotini oson qiladigan.

5. Texnologiya
- Amazon o’z texnologiyasi yordamida mijozlarning xarid qarorlari haqida juda ko’plab ma’lumotlarni yig’adi, natijada har 10 daqiqada mahsulot narxlarini o’zgartiroladi;
- mijozlar tanlovini va qaysi hududda xarid qilishini oldindan bashorat qiladi va o’sha turdagi mahsulotlarni potensial mijoz yashaydigan eng yaqin omborxonaga yuboradi, avtomat;
- avtomat tarzda raqobatli mahsulotlar narxlarini aniqlaydi va ularni arzonroq taklif qiladi, natijada, odatiy foydalanuvchi Amazonda narxlar arzon degan xulosaga keladi;
- aslida, mashhur bo’lmagan mahsulotlardan kompaniya katta daromad qiladi. Qancha ko’p ma’lumot, shuncha ko’p sotuvlar degani.

6. Ikki karra yoki ko’chuvchi xarajat (switching costs)
- agarda siz Amazon Prime uchun to’lov qiluvchilardan bo’lsangiz boshqa onlayn do’konlardan xarid qilish ehtimolingiz kamayib boradi, chunki, bu Prime xizmati uchun to’layotgan pulingizni tashlab yuborishdek gap;
- Amazon mijozlari kompaniya taqdim etayogan boshqa xizmatlardan (tekin dostavka, musiqa, kino va hk) foydalanish uchun alohida haq to’laydilar. Yuqoridagi qo’shimcha xizmatlar mijozlarni sodiq mijoz bo’lishga undaydi.

7. Bilim va tajriba
- mijozlar bilan ishlash tizimi (CRM), yetkazib berish xizmati, omborxona boshqaruvi singari jarayonlarni Amazon darajasida tashkillashtirish oson va qisqa muddatli ish emas;
- raqobatchilar tez vaqtda amazon.com kabi veb sayt tayyorlashlari mumkin, ammo, yuqorida sanab o’tilgan tizimlarni qurish juda ko’p vaqt va bilim talab qiladi.

8. Ulkan resurslar
- Amazonning raqamli to’lovlar, omborxona boshqaruvi va xizmat ko’rsatish hamda yetkazib berishga oid 10 000 dan ortiq patentlari, dasturlari bor. 1 millionga yaqin ishchi kuchi bazasi esa ko’chirish oson bo’lmagan ishlardan biri.
- xodimlarni o’qitish materillari, ish qo’llanmalar shular jumlasidan.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.3K viewsedited  01:38
Ochish/sharhlash
2022-03-14 12:50:48 Oldimizga vazifa qo'yildi - kompaniya ishlarini avtomatlashtirish.

Ko'p holatlarda birinchi o'rinda hayolimizga veb ilova tuzish g'oyasi kelishi mumkin: loyihaning texnik talablarini yozish, sayt dizaynini chizish, uni kodga o'tkazish... Bir qator ko'p vaqt oladigan ishlarni boshlab yuborish mumkin.

Loyiha boshida o'ylagan va 100 foiz to'g'ri deb bilgan texnik vazifalarimizni o'zgartirib, loyihani tahrirlashga kelganda esa u kod ko'rinishga kelib bo'lgani uchun ko'p vaqt va pul yo'qotamiz. Ba'zida loyiha tuzilishi cho'zilgani uchun loyihani unutishga ham to'g'ri keladi.

Shu kabi natijaning oldini olish uchun bizga Google Sheets va undagi scriptlar imkoniyatlari bizga yordamga keladi. Ha, to'g'ri o'qidingiz - Google Sheets va undagi skriptlar.

Ayni mavzuda kecha Mohirdev loyihasining onlayn vebinarida suhbatlashdik. Sohaga qiziquvchilar quyidagi havola orqali ushbu vebinarni ko’rishlari mumkin.





https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.1K views09:50
Ochish/sharhlash
2022-03-11 20:42:46 Toshkent shahrining markaziy masjidlaridan biri oldida mashhur somsaxona bor. Odatda, soat 11:00 dan boshlab 14:00 gacha xaridga navbat juda ko’p bo’ladi. Ba’zan 30 daqiqaga yaqin kutishga to’g’ri keladi.

Navbat kutuvchilarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 1-guruh vakillari somsani o’sha yerda yeyish uchun borganlar bo’lib, odatda bir kishi 2-3 dona xarid qiladi (chakana savdo). Ikkinchi guruhdagilar esa ko’p sonda (15+) somsa sotib oladi (ulgurji savdo).

Somsaxona yuqoridagi ikki turdagi mijozlar uchun bir kassa tashkil qilgan, natijada ovqatlanish uchun borgan mijozlarning ma’lum qismi navbat ko’pligi sababidan yon atrofdagi boshqa oshxonalarga kirib ketishadi.

Ushbu holatda firma (somsaxona) o’zi bilgan yoki bilmagan holatda bir necha iqtisodiy ziyon ko’ryapti:

1. Somsa yeyish maqsadida kelgan potensial mijozlarning bir qismidan mahrum bo’lyapti;

2. Kutish vaqti ko’pligi sababli ortiqcha joy (hudud, stol-stul) ishlatishga majbur bo’lyapti;

3. Yuqoridagi ikki sabab tufayli yakunda imkoniyatidan kamroq somsa sotyapti.

Yaxshiroq sotuv tizimi qanday bo’lar edi?

1. Chakana va ulgurji savdo uchun alohida kassa tashkillashtirish kerak. Chunki, ulgurchi xarid uchun kelgan xaridorlar somsa olishnigina qasd qilib keladi, shu sababdan ularni biroz kuttirish mumkin, ketib qolmaydi baribir.

2. Chakana savdo mijozlari qorni och, ularga atrofda boshqa takliflar ham bor (osh, go’sht va hk). Odatda, ularning ovqatlanish vaqti ham chegaralangan, ishga qaytish kerak. Shuning uchun ularga juda tez xizmat ko’rsatish lozim.

Aslida, an’anaviy yaxshi - muvaffaqiyatli bizneslar oddiy narsalarni boshqalardan ko’ra yaxshiroq qilgani sababidan yaxshi, zo’r narsalarni amalga oshirgani tufayli emas.

Siz nima deysiz?
———


“Chakana savdo” va “ulgurji savdo” atamalarini tushuntirishga qulay bo’lishi uchun ishlatdim.


https://t.me/abdulloh_shamsiddin
1.5K viewsedited  17:42
Ochish/sharhlash