Get Mystery Box with random crypto!

Ishga joylashish - Nima ish qilishing muhim. Qayerda ishlashi | Abdulloh Shamsutdinov

Ishga joylashish

- Nima ish qilishing muhim. Qayerda ishlashing ham muhim. Ammo, kim bilan ishlashing va kimdan o’rganishing eng muhimi.

- Aksar odamlar uchun ishlashdan maqsad yaxshi pul topish va yakunda ishlashni to’xtatish. Lekin, to’g’ri joyga ishga joylashish dunyoni, o’z hayotingni o’zgartirishga bir imkoniyatdir.

- O’qishini bitirishing bilanoq asosiy boshqaruvchi bo’lishing shart emas, katta, brend kompaniyalardan ish taklifi olishing ham shart emas. Ammo, aniq bir maqsading bo’lishi kerak.

- Sen qayerga ketayotganingni, kim bilan ishlamoqchi ekaningni, nima o’rganishni istashingni va yakunda kim bo’lishga intilayotganingni aniq bilishing lozim. Shundagina biror haqiqiy ma’noga ega loyiha boshlashni tushuna boshlaysan.

“Yaratishga arzigulik narsalarni yaratish borasida g’ayriodatiy qo’llanma” kitobidan erkin tarjima.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin