Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyotning asosiy muammosi Jamiyat yashaydigan qonuniyat | Abdullatifxon Anvarxonov

Iqtisodiyotning asosiy muammosi

Jamiyat yashaydigan qonuniyatga qarab, iqtisodchilar quyidagi muammo/shart/qoidani keltiradilar:

Resurslar cheklangan, ehtiyojlar esa cheksiz.

Demak, iqtisodiyot fani resurslarning cheklanganli, ehtiyojlarning esa cheksizligi sharoitida odamlarning qanday iqtisodiy qarorlar qabul qilishlarini o'rganadi. Jannatda hammayoq mo'l-ko'lchilik bo'lganligi uchun yoki ehtiyojlar bemalol qondirilishi tufayli iqtisodchilarning keragi bo'lmaydi. Yerda esa mavjud tovar va resurslar cheklanganligi sababli ularni taqsimlashga to'g'ri keladi. Shu sababli iqtisodiy agentlar oldida doim:

- olma yoki nok sotib olish;

- yig'ilgan mablag'larni yostiqning tagida, bankda yoki qimmatli qog'ozlar ko'rinishida saqlash;

- zavod yoki ofisda ishlash;

- mashina yoki tank ishlab chiqarish kabi tanlash kerak bo'lgan muammolar turadi.

Iqitisodiy agentlar - bu ishlab chiqarish va taqsimotda ishtirok etadigan odamlar, uy xo'jaliklari, davlat idoralari.

#iqtisodiyot_asoslari

@abdullatifxon_anvarxonov