Get Mystery Box with random crypto!

Abdulboriy Qodirov

Telegram kanalining logotibi abdulboriyqodirov — Abdulboriy Qodirov A
Telegram kanalining logotibi abdulboriyqodirov — Abdulboriy Qodirov
Kanal manzili: @abdulboriyqodirov
Toifalar: Biznes , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.19K

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-03-06 07:01:30
Bundan bir necha kun ilgari savdo hodimlarimizga do'konchilar tomonidan 2018 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarimiz o’z do’konida borligi aytilibdi. Sababi mahsulot do'kon omborxonasining ichida qolib ketgan va bugungi kunga kelib omborni tozalash vaqtida topilgan.

Eng qizig'i mahsulot sifati buzilmagan. Jamoamizdagilar bilan mahsulotni ichib ko'rdik va ta'mi ham o'zgarmaganiga oydinlik kiritdik. (Hali ham soppa sog'miz )

Nega 2018 yilda chiqgan mahsulotni ichganimiz sababi esa biz o'z mahsulotimizga shunday ishonamiz.

Siz ichib ko'rgan bo'larmidingiz?

Abdulboriy Qodirov
2.9K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-03-01 14:41:29
ГулДУ (Гулистон давлат университети)даги ҳолат.

Ҳижобли қизлар дарсга киритилмаяпти.

Бу билан уларнинг қонуний ҳақ-ҳуқуқи топталяпти, аёллар камситиляпти.

Аммо аёллар ҳуқуқлари деб ҳайқирадиган аксар фаолларимиз бундай пайтда жим кузатади. Сабаби ҳижоблиларни ҳимоя қилиш «не стоит».

Диндорларга сигнал беришни қойиллатувчи, бироқ диндорларнинг ҳуқуқи топталса мум тишловчи Адлия вазиримиз ҳам вазиятни индамай кузатишни маъқул кўради.

Мана шундай ишларни қўрқмай, очиқчасига қилишдан чарчамаётганларга доим бир гап айтгим келади: Сизларнинг онангизнинг маҳрига дунёвий давлат бўлиб тушган юртда биз ҳам ўзимизнинг қадриятларимизга амал қилиб яшасак бўладими?

@temurazam
2.5K views11:41
Ochish/sharhlash
2022-02-19 09:38:07
Til o'rganish, yangi dunyoni o'rganish demakdir. Til bilgan odamga qanchalar ko'p imkoniyatlar ochilishini o'z tajribamda sinab ko'rganman va har bir yosh avlodga til o'rganishni tavsiya qilaman.

Kutubxonamni tartiblash vaqtida bundan 10 yillar oldin foydalangan, Nemis tiliga oid kitoblar chiqdi. Endi menga bu kitoblar kerak emas. Kimga shu kitoblar bo'lsa izohda yozinglar. Shaxsiy xabar noma orqali bog'lanib olamiz. Hadya qilaman. Manfaati yetsa, duo qilib qo'ysangiz bo'lgani

Abdulboriy Qodirov
2.7K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-02-18 09:26:27
“Dinay” Qozog‘istonga yo‘l olmoqda!

Maʼlumki, mahsulotining sifatiga ishongan, ichki bozorda mustahkam o‘rinni egallagan har qanday biznes turi yoki mahsulot, albatta, o‘z geografiyasini kengaytirishni maqsad qiladi. Bunda esa tadbirkorlarimizga O‘zbekiston Eksportchilar Uyushmasi ko‘mak berishga doim shay.
Xususan, “Dinay” korxonasi o‘z mahsulot eksportini Qozog‘iston Respublikasida yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Eksportchilar Uyushmasi rais o'rinbosari Yorqin Malikov hamda O'zbekiston Biznesni Rivojlantirish Uyushmasi rais o‘rinbosari Xusniddin Ismoilov bilan kichik ucharashuv va muzokara olib bordi. Bunda esa tadbirkorga birlamchi yuridik maslahat va yordam turlari mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirildi. Hamkor kompaniyaga uyushmaning Qozog‘istondagi vakili bilan bog‘lanish imkoniyati yaratildi.

Abdulboriy Qodirov
2.4K views06:26
Ochish/sharhlash