Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyada kuchli zilzila sodir bo'ldi. Qardosh va Birodar turk | Abdulboriy Qodirov

Turkiyada kuchli zilzila sodir bo'ldi. Qardosh va Birodar turk millatiga hamdardlik bildiraman. Lekin insonni ham xursand qiladigan, ham qalbga og'irlik soladigan bir masala bor.

Bir nechta o'zbekzabon guruh va doiralarda Turk millatiga yordam berish uchun amaliy harakatlar qilish kerakligi muhokama qilinib, moddiy yordamlar yig'ila boshlandi. Bunday harakatlar O'zbeklar orasida oldindan bor bo'lib kelgan. O'zbekning og'ir paytda do'st bo'lishini butun dunyo tan oladi.
Bunga yorqin misollardan biri ikkinchi jahon urushida minglab bolalarning yetimxonaga tashlab qo'ymay, asrab olinganidir.

Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Turkiya yalpi ichki mahsuloti ( YIM ) O'zbekiston YIMsidan deyarli 5.8 barobar ortiq. *¹ Aholi jon boshiga esa deyarli 3.5 barobar *² ko'p hisoblanadi. Mobomiki shu darajada og'ir kunda muhtojlar uchun birlasha olar ekanmiz, o'z millatimiz, o'z xalqimiz orasida yordamga muhtojroq insonlar bor emasmikin?! Uyi zilzilada qulaganlarga hamdardmiz, lekin o'z "akamiz" , "ukamiz" da hech qachon uyi bo'lmaganlar bor emasmi?! Mo'ynoqda, Orol bo'yida yillab ichidan dard kemirayotganlar, o'z xalqimiz dardi bizga yaqinroqmasmi?!

Bu bilan ularni og'ir kunda yolg'iz qoldiraylik demoqchimasman, balki o'zimiznikilarga ham hech bo'lmasa shunchalik shijoat bilan yordam qilish kerakmasmi demoqchiman!

O'zbegimni himmatiga qoyil qolamanku, mantig'iga tushunmayman!

*¹ Turkiya YIM HQQ 2.320 mlrd (2018)
O'zbekiston YIM HQQ 398 mlrd ( 2022)

*² Turkiya YIM aholiga 31.500$ (2021)
O'zbekiston YIM aholiga 9345$ (2022)