Get Mystery Box with random crypto!

Massdar marketlari soni 4 taga yetdi, shu 2 yil mobaynida reta | Abdulboriy Qodirov

Massdar marketlari soni 4 taga yetdi, shu 2 yil mobaynida retail sohasiga kirganimizdan buyon juda qiziq ilm va ma’lumotlar oldik, lekin gap hozir bu haqida emas.

Usmoniylar davlatida bo'lgan ajoyib odat - osig'liq non haqida eshitganmisiz? O'sha davrda insonlar non sotib olganida o'z extiyojlaridan ortig'ini nonvoyxona oldidagi osig'liq xaltaga solib qo'yishar va kimning extiyoji bo'lsa shu nonni olishi mumkin edi.

Massdar marketlarida har juma bir insonga bir non tekin degan qoidani joriy qildik. Ba’zi xaridorlar menda bunga extiyoj yo'q, meni haqimdan ham ehson qiling deb non sotib olib qo'shib ketishsa, ba’zilari duo qilib savdoga baraka tilab ketishadi.

Bu mavzuni ko'tarishdan maqsad qarang biz saxovat qildik deyish emas, balki ushbu yoqolib ketgan odat qayta tirilishiga sababchi bo'lsak bizga shu amal orqali kelgan baraka boshqalarga ham kelsa, yaxshilik ustida musobaqalashsak degan niyyatdamiz!

Berilgan non bilan biz qashshoqlashmadik, aksincha savdoga baraka kirmoqda! Siz ham himmatdan og'rinmang.

Do'konlarda yana nima qilish mumkin? Kim o’zining tajribasi bilan o'rtoqlashadi?

Abdulboriy Qodirov