Get Mystery Box with random crypto!

Xatoni narxi qimmatlashib ketdi! 1- qism Bugungi kunda juda | Abdulboriy Qodirov

Xatoni narxi qimmatlashib ketdi!

1- qism

Bugungi kunda juda ko'pchilik qimorning turli xilida turli summadagi pulni yoqotmoqda. Ba’zilar Forex orqali yana kimlar bukmeyker kontoralaridan. Oxirgi kunlarda shunday xato sabab uyini sotishga majbur bo'lgan odamlar haqida ko'p eshityapman.

Ammo yana 2 ta faktor bor, shular haqida suhbatlashmoqchiman.

1. Afiristlar.

Oxirgi vaqtda ko'payib borayotgan kasb. Ularga aldanib bor butidan ayrilayotganlar juda ko'p. Afiristlarni aniqlashdagi asosiy signallar:
G'ayri oddiy daromad va’da qiladi. Tez va oson boyib ketishni kim istamaydi. Ayniqsa o'zi ishlamasayu lekin pul oqib kelsa. . . Bunday orzuni bahonasida afiristlar o'ljani qiziqtiridi.

2. Shoshqaloqlar.

Agar shu yaqin soat va kunlarda shu ishga qo'shilmasang bor imkoniyatni boy berasan. Bunday imkon boshqa bo'lmaydi. Poyezd ketadi va sen ham oson boyish orzuying bilan xayrlashishing mumkin. Imkonni boy berish eng qo'rqinchli yoqotish bo'lsa kerak. Bu insoniy xisni ham afirist yaxshi tushunadi.

- Katta daromad vada qilib, shoshiltirib o'ljani tuzoqga tushirgandan so’ng, endigi navbat uni boqishda, ya'ni xech kim darrov katta pul olib kelib bermaydi. Axir hech kim aldanib qolishni istamaydi. O'lja laqma emas. (U shunday deb o'ylaydi)
Bu qo'rquvni yo’qotib, kattarow mablag'ni olib kelish uchun oldin bu ishning ta’mini ko'rish kerak. Berilgan 1000$ bir oyga qolmasdan 1500$ bo'ladi, so’ng o'lja o'zi bilmagan holda 10000$ beradi. 15000$ ni olgandan kegin esa qarindosh urug'dan tortib do'st birodardan qarz havola qilib 100000$ olib keladi. Chunki bir oydan keyin hammasi foyda bilan qaytishiga ishonadi.
Qopqon yopildi. Pul esa yo’q uxladi. Endi u pul qaytmaydi. Faqatgina tushda qaytmasa agar. Pul olgan odam yo butunlay yo'q bo'lib qoladi yoki tanimaganga solib oladi yoki yillab aldab yuraveradi. Bugun erta qilib.

Sizda bunday vaziyay bo'lmaganmi? Siz biladigan ularda yana qanday signallar bor? Bo'lishaylik

Abdulboriy Qodirov