Get Mystery Box with random crypto!

Holdingimizning moliya departamenti uchun amaliyotchi “СТАЖЁР” | Abdulboriy Qodirov

Holdingimizning moliya departamenti uchun amaliyotchi “СТАЖЁР” izlayapman.

Bu yo'nalishda ish boshlagan odam uchun kelajakda professional moliyacha bo'lib yetishish imkoniyati bo'ladi. O'zbekiston mehnat bozorida professional moliyacha kamida 1 500$ dan boshlab oylik oladi.

Amaliyotchi bo‘lib imkoniyatdan foydalanish uchun talablar:
– Moliya sohasida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lishingiz;
– Rus va ingliz tillarini yahshi bilishingiz;
– Matematikadagi chuqur bilim.


Saralash jarayonida siz uchun qo‘shimcha ball beradigan faktorlar:
– O‘qish jarayonida, soha bo‘yicha olingan yakuniy baholar balandligi;
– O‘qish davrida yoki o‘qishni tamomlab, mahalliy va xalqaro korxonalarning moliya bo‘limlarida ortirilgan tarjibangiz;
– Qo‘shimcha xalqaro til bilish ko‘nikmangiz borligi;
– Sohaga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha sertifikatlarga egalik;
– Karyera uchun o‘z oldingizga aniq qo‘yilgan maqsadlar mavjudligi;
– Tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyatingiz borligi;
– O‘z ustingizda ishlashga tayyorligingiz;


Agar siz jamoamizning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib, umumiy qadriyatlarimizga tayangan xolda, oldimizga qo‘yilgan rejalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lsangiz, o‘z CV ma’lumotnomangizni @AQcontactbot ga jo‘nating. Saralashdan o‘tgan va jamoamizga qo‘shilgan amaliyotchilar uchun ishdan keyingi o‘quv kurslarida o‘qish moliyashtiriladi.

Abdulboriy Qodirov