Get Mystery Box with random crypto!

«Cambridge» va «Najot Ta'lim» jamoalari 1 mlrd 200 mln so'mlik | Abdulboriy Qodirov

«Cambridge» va «Najot Ta'lim» jamoalari 1 mlrd 200 mln so'mlik grant e'lon qiladi

«Najot Ta'lim» va «Cambridge» o'quv markazi o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida "Kelajak yoshlari" nomli grant loyihasiga qo'l urgan.

Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirida yakuniga yetuvchi ushbu xayriya aksiyasiga bu yilgi qabul boshlanganligini e'lon qilamiz.

Loyiha uchun umumiy miqdorda 1 mlrd 200 million so'm mablag' ajratildi. Unga ko'ra 60 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda IT sohalarini, jumladan, standart dasturlash va grafik dizayn yo'nalishlarini 1 yil davomida mutlaqo bepul o'rganish imkoniyati beriladi.

"Kelajak yoshlari" grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, 15 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan, kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar «Najot Ta'lim» va «Cambridge» jamoasi a'zolari tomonidan motivatsion xat va suhbat orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar shu yilning 22-aprelidan 5-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

«Cambridge» va «Najot Ta'lim» jamoalari ushbu xayrli ishdan hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan bo'lib, uni o'z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda.

"Kelajak yoshlari" loyihasi grantiga ro'yxatdan o'tish

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888