Get Mystery Box with random crypto!

​​Ilm Qutqaradi tanloviga START berildi! 1-Kitob - Kitob o' | Abdulboriy Qodirov

​​Ilm Qutqaradi tanloviga START berildi!

1-Kitob

- Kitob o'qishni xohlayabsiz, lekin motivatsiya yo'qmi?
- Kitobdagi 'insight'lar bilan bo'lishmoqchimisiz?
- 5,000,000 so'm yutib olmoqchimisiz?

Sizda ajoyib imkoniyat bor!

Ustozimiz Abdulmannon Abdulloh domlaning "Tijorat va ishlab chiqarish haqida tasavvur" kitoblarini xarid qilib, to'liq o'qib chiqasiz va kitobdan olgan ko'nikmalaringiz hamda ilmingizni insho shaklida word faylga yozib, Telegram messendjeridan @ilm_qutqaradi_bot orqali bizga jo'natasiz.

Biz 25 kun davomida barcha kelib tushgan insholarni saralab, Abdulboriy Qodirov boshchiliklaridagi komissiya a'zolariga topshiramiz. Barcha insholar o'qib chiqilib, bir g'olib aniqlanadi.

G'olibga 5,000,000 so'm pul mukofoti hamda esdalik sovg'alar topshiriladi.

Eslatma: Siz yozgan insho 800 so'z atrofida, 12 fontda, 2 betdan oshmagan bo'lishi kerak! Inshoyingizda, imlo qoidalariga e'tibor berib, kitobdan olgan bilimlaringiz mohiyatini to'laqonli ochib berishga harakat qiling.


Insholarni 1-Maygacha qabul qilamiz.

G'olibni esa, 25-Maygacha @AbdulboriyQodirov kanalida e'lon qilamiz.

Biz albatta sizning inshoyingiz boshqalarnikidan ajralib turishiga ishonamiz! Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Abdulboriy Qodirov