Get Mystery Box with random crypto!

Abdulbosit Mirvali o'g'li

Telegram kanalining logotibi abdulbasitvakhidov — Abdulbosit Mirvali o'g'li A
Telegram kanalining logotibi abdulbasitvakhidov — Abdulbosit Mirvali o'g'li
Kanal manzili: @abdulbasitvakhidov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.27K
Kanalning ta’rifi

• 14 yillik tajribaga ega mebelchi;
• Selfmade TOP yosh tadbirkorlar klubi a'zosi;
• Yurak Amri xayriya fondi a'zosi;
• @korkfurniture asoschisi;
• @promebel_uz asoschisi.
Shaxsiy blog.

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-18 16:40:36
Jamoamiz bilan «Akfa University»ga sayohat qildik.

Qisqa qilib xulosamni aytaman:
Kirib o'qish kerak!

Behzod Jalilov akamizga ekskursiya uchun tashakkur aytamiz

@abdulbasitvakhidov
528 views13:40
Ochish/sharhlash
2022-08-17 22:55:09 Sizga bir haqiqatni aytaman!

Kecha o'tirib hayotimni qismlarga bo'lib chiqdim. U 3 qismdan iborat ekan:
1. G'am tashvishsiz hayot;
2. Ilm talabidagi hayot;
3. Tadbirkorlik hayoti;

Bolalik kezlarimga nazar solsam, ota-onam va akamning erkasi bo'lgan ekanman. Ular men uchun ham hayot qiyinchiliklarini bo'ynilariga olib, hayotim tashvishsiz o'tishini ta'minlashgan.

Hayotimning ilm talabida o'tkazgan qismida, diniy va dunyoviy ilmlarni olganman. Bu davrda qiyinchilik va hursandchiliklar bo'lgan.

Tadbirkorlik davrlari esa mening bugungi kunimdir va bu qismda men turli hil muvaffaqiyatlarga erishdim, ba'zan buning aksi ham bo'ldi.

Aytmoqchi bo'lganim, hayotimning har jabhasi men uchun yaxshi va yomon lahzalarni in'om etdi. Lekin ishoning, haqiqiy halovatni men faqat hayotimning ilm talabida o'tkazgan davrida topdim.

O'sha paytda meni ilm olishimga sababchi bo'lgan do'stim Abdussomad bilan omonat krovatda uxlardik. Ba'zan uxlayotganimizda krovat yiqilib tushardi . Pulimiz ham ko'p bo'lmasdi, uning ustiga u paytlar ham ma'lum muammolarim bor edi. Shunday bo'lsa ham o'sha davr, hayotimning eng sokin va halovatli kezlari bo'lgan ekan.

Ilmda ajib bir halovat bor ekan. Buni ilm talabida yurganlar ham tasdiqlashiga ishonaman.

@abdulbasitvakhidov
589 viewsedited  19:55
Ochish/sharhlash
2022-08-15 21:48:25 Muvaffaqiyatsiz mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya qurish haqida!

Bugungi kunda mebelchilar bilan hamkorlikda ishlayapman. Bu menga yaxshigina tajriba bo'lyapti. Chunki bu kompaniyalar ichida ishini sevadiganlar, kompaniyasi shunchaki pul topish mashinasi emasligini tushunadigan haqiqiy ishlab chiqaruvchilar bor (buning aksi ham).

Bundan tashqari, qimmatbaxo dastgohlar (станок), katta ishlab chiqarish maydonlari, minglab xodimlar, obunachisi ko'p shaxslarda qimmat reklamalar qildirishning o'zigina, eng zo'r mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya bo'lishga kifoya qilmasligi haqida ham tushunchaga ega bo'lyapman.

O'rgangan va o'rganayotganlarim, muvaffaqiyatsiz mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya tuzish haqida kitob yozishga yetadi deb o'ylayman.

Bundan keyin mebel ishlab chiqarishda katta daromad keltirsa-da, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo'luvchi omillar haqida yozib borishni niyat qildim.

Abdulbosit Vokhidov

@promebel_uz
520 views18:48
Ochish/sharhlash