Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyatsiz mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya qurish haqi | Abdulbosit Mirvali o'g'li

Muvaffaqiyatsiz mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya qurish haqida!

Bugungi kunda mebelchilar bilan hamkorlikda ishlayapman. Bu menga yaxshigina tajriba bo'lyapti. Chunki bu kompaniyalar ichida ishini sevadiganlar, kompaniyasi shunchaki pul topish mashinasi emasligini tushunadigan haqiqiy ishlab chiqaruvchilar bor (buning aksi ham).

Bundan tashqari, qimmatbaxo dastgohlar (станок), katta ishlab chiqarish maydonlari, minglab xodimlar, obunachisi ko'p shaxslarda qimmat reklamalar qildirishning o'zigina, eng zo'r mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya bo'lishga kifoya qilmasligi haqida ham tushunchaga ega bo'lyapman.

O'rgangan va o'rganayotganlarim, muvaffaqiyatsiz mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya tuzish haqida kitob yozishga yetadi deb o'ylayman.

Bundan keyin mebel ishlab chiqarishda katta daromad keltirsa-da, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo'luvchi omillar haqida yozib borishni niyat qildim.

Abdulbosit Vokhidov

@promebel_uz