Get Mystery Box with random crypto!

Abdukarim Mirzayev | LIVE 🔴

Telegram kanalining logotibi abdukarimmirzayev_tv — Abdukarim Mirzayev | LIVE 🔴 A
Telegram kanalining logotibi abdukarimmirzayev_tv — Abdukarim Mirzayev | LIVE 🔴
Kanal manzili: @abdukarimmirzayev_tv
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.62K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Abdukarim Mirzayevning Rasmiy kanali
.
.
.
Reklama uchun @foyda_liy

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-10-09 17:24:07
Vatan
3.1K views14:24
Ochish/sharhlash
2022-10-06 06:30:32
Siz uchun nutqning ahamiyati qanchalik muhim?
Anonymous Poll
20%
Kerakli
78%
Juda muhim
2%
Men uchun muhim emas
1.2K voters2.6K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-10-05 07:08:48 Gapirsam qattiq hayajon bosadi va oʻz fikrimni toʻliq yetkazib bera olmayman

Nutq oldidan hayajonning boʻlishi bu — ruhiy muammo (asabiylashgan holat), notoʻgʻri nafas olish yoki mavzuga tayyor emasligimizdan kelib chiqadi. Agar biz bir maromda, toʻgʻri nafas oladigan boʻlsak, hayajonni yengishga muvaffaq boʻlamiz.

Fikrni toʻliq yetkazib berishda, asosan, shoshilish kuzatiladi barchamizda. Buning sababi sekinlashgan holda gapirish noqulaydek tuyuladi, ammo sekin tempda gapirish fikringizni ham tizginlashga yordam beradi.

Buni davolashning eng oson yoʻli istagan kitobingizni olib, yosh bolalardek boʻgʻinlab oʻqiysiz. 2 hafta davomida, kunda 10 daqiqa. Keyin natijasini koʻrasiz.
4.0K views04:08
Ochish/sharhlash
2022-10-04 19:37:09 #Diqqat Notiqlikka doir qanday muammongiz bor? Izohlarga yozing. Biz esa sizga muammongizni yechish uchun vazifa va mashqlar berib boramiz!
8.8K views16:37
Ochish/sharhlash
2022-10-03 14:21:05 #Diqqat

Notiqlikka doir qanday muammongiz bor?

Izohlarga yozing. Biz esa sizga muammongizni yechish uchun vazifa va mashqlar berib boramiz!
2.2K viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash
2022-10-02 15:38:46
Savol; Hech ham kitob o'qiy olmayman maslahat bering kitob o'qisam uyqum kelib qoladi

Javobni video orqali tomosha qilishingiz mumkin!

Video siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa izohlar qismiga + qoldiring!

@AbdukarimMirzayev_tv — Notiq mahorati darslari!
19.1K viewsedited  12:38
Ochish/sharhlash
2022-10-02 07:30:29
Notiqlik darslarini kuzatib borayabsizmi?
Anonymous Poll
58%
Ha kuzatib borayabman
25%
Hozircha yoʻq
17%
Endi oʻqib chiqaman
1.2K voters3.8K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-10-01 18:16:09
Muloqot — bu murakkab jarayon. Miyangizdagi oʻylarni soʻzlarga koʻchirish va uni kimgadir tushuntirib bera olish bu katta mahoratdir | 3-vazifa va mashq

Atrofimizdagi koʻpchilik fikrini boshqalarga aniq yetkazib bera olmaslikdan qiynaladi. Biz esa sizga hozir aniq va tushunarli qilib gapirishning bir nechta yoʻllarini aytamiz.

Nutq soʻzlayotganda xotirjam va oʻzingizga ishonchingiz boʻlsin.

Gapirayotganda ovozingiz boʻgʻizdan emas, qorindan kelishiga eʼtibor bering.

Nutq oʻrtasida "mmm", "hmm" deb duduqlanmasdan, qisqa pauza qiling.

Baland ovozda qisqa gaplar bilan gapiring.

Ovozingiz bir xil tempda emas, oʻzgaruvchan boʻlsin.

Auditoriyaga biroz jilmaygan qiyofada gapiring.

@AbdukarimMirzayev_tv — Notiq mahorati darslari!
4.6K viewsedited  15:16
Ochish/sharhlash
2022-10-01 09:47:03
Men gapirar ekanman, ko'pincha "mmm" deb turib qolaman. Buning yechimi bormi?

Nutqda "mmm" , "aaa", "xoʻoʻoʻp" yoki shunga oʻxshash ovoz chiqarish bu "PARAZIT PAUZALAR" deb nomlanadi. Avvalo, nutq qilar ekanmiz, "pauza"ni oʻz me'yorida saqlasak, juda yaxshi.

Ammo ortiqcha "pauzalar" tinglovchini chalg'ishiga sabab boʻladi. Tuzatish yoʻli toʻgʻri nafas olish bilan boʻladi. Nafas toʻgʻri olinsa, fikrlar ham tizginli va toza boʻladi.

Doʻstlar, navbatdagi postimizda qanday qilib parzazitlardan qutilish va tushunarli gapirish haqida maʼlumot beramiz!

@AbdukarimMirzayev_tv — Notiq mahorati darslari!
4.6K viewsedited  06:47
Ochish/sharhlash
2022-09-30 18:20:42
HAYAJONNI YENGISH USULLARI | 2-mashq va vazifa

Soʻzlayotganda hayajonlanish fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu, asosan, sizda adrenalinning koʻpayishi bilan bogʻliq.

Bunda siz uchun quyidagi mashqlarni bajarishingiz tavsiya etiladi:

— Chuqur nafas oling.

Chuqur nafas olish miyangizga kerakli kislorodni ta'minlaydi va kamroq tezlik tanagizni tinchroq ekanligingizga ishontirishga undaydi.

— Suv iching.

Bir stakan suv oldingizda boʻlsin. Vaqti-vaqti bilan nimanidir ta'kidlamoqchi boʻlsangiz iching.

— Tabassum.

Bu tanangizga ijobiy kimyoviy moddalar yuboradigan tabiiy vositadir.

— Vizualizatsiya usullaridan foydalaning.

Gapni boshlashdan oldin auditoriya bilan koʻz orqali aloqa oʻrnatish muhim.

— Gapirayotganda harakatlaning.

Bu sizdagi asabiy energiyaning maʼlum qismini sarflaydi.

— Oʻzingiz haqingizda oʻylashni toʻxtating.

"Qanday harakatlanyapman?", "Toʻgʻri gapiryapmanmi yoki notoʻgʻri gapiryapmanmi?" bunday oʻylarni oʻzingizdan yiroq tuting.

@AbdukarimMirzayev_tv — Notiq mahorati darslari!
5.1K views15:20
Ochish/sharhlash